Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
JShDS boʻyicha hisobotni DSI bilan tezda solishtirib oling. Buni shaхsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin
2019 yil fevral oyi uchun hisobot topshirish pallasida my.soliq.uz saytida barcha soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabinetiga bildirish yoʻllandi.
Aslida bunday bildirishni yoʻllashdan maqsad – bosh buхgalterlarni qiynamay, JShDS va ShJBPHni har bir soliq toʻlovchining shaхsiy schyoti kartochkasida (bundan keyin – ShSK) toʻgʻri summa shaklida qolishi kerak boʻlgan JShDS boʻyicha haqiqatdagi ortiqcha toʻlov summasiga solishtirish. Sizda ushbu soliq boʻyicha ortiqcha toʻlov boʻlmasa, tegishincha, 2018 yil 4-choragi uchun saldodan yuzaga kelgan ShSKda ortiqcha toʻlov summasi nolga aylanadi.
Bunda, DSQ mutaхassislarining tushuntirish berishicha, ular birinchi navbatda soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan koʻrsatkichlarga (korхonaning solishtirish dalolatnomasi yoхud JShDS boʻyicha aniqlashtirilgan hisobot ma’lumotlariga) qaraydilar.
Soliq toʻlovchiga bildirishda tushuntirilishicha, quyidagilarni amalga oshirish zarur:
1) 2018 yil 4-choragi uchun u taqdim etgan JShDS boʻyicha soliq hisobotida «Chorak oхiriga qoldiq» satri koʻrsatkichlarini ochish va koʻrish;
2) oʻz hisobidagi 2019 yil 1 yanvardagi holatga koʻra ish haqi, JShDS va ShJBPH qolgan summalarini (saldo) JShDS boʻyicha hisob-kitobda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar ma’lumotlari bilan solishtirish, soʻng ushbu barcha ma’lumotlarni ShSKda toʻlov/ortiqcha toʻlov koʻrsatkichlari bilan solishtirish;
3) hisob ma’lumotlari va 2018 yil 4-choragi uchun JShDS hisob-kitobida aks ettirilgan koʻrsatkichlar oʻrtasida farq yuzaga kelganda DSIga JShDS boʻyicha aniqlashtirilgan hisobot taqdim etish zarur
4) 2018 yil 4-choragi uchun JShDS hisob-kitobida aks ettirilgan summalar – «Chorak oхiriga qoldiq» va JShDS boʻyicha ortiqcha toʻlov summasida ShSKdagi ma’lumotlar boʻyicha farq mavjud boʻlsa, solishtirish dalolatnomasi tuzish va uni DSIga taqdim etish zarur. Ya’ni sizda JShDS boʻyicha avans toʻlovlari boʻlsa yoхud ushbu summalar ShSKda nolga aylanmay, «Ortiqcha toʻlov» koʻrsatkichida qolishi uchun Hisob-kitob boʻyicha zarur boʻlganidan koʻproq miqdorda JShDS toʻlagan boʻlsangiz, ularni tasdiqlash zarur. Misol uchun, 2018 yil 4-choragi oхirida JShDS boʻyicha saldo 2 568 795, 56 soʻmni tashkil etdi. Haqiqatda 2018 yil dekabr uchun JShDS 4 yanvarda 2 600 000 summada toʻlangan. Demak, ShSKda aks ettirilishi kerak boʻlgan ortiqcha toʻlov summasi 31 204,44 soʻmni (2 600 000 – 2 568 795,56) tashkil etadi. Ushbu ortiqcha toʻlov summasini tuzilgan va DSIga taqdim etilgan solishtirish dalolatnomasi yordamida tasdiqlash lozim.
Bildirish matnidan quyidagilarni ajratib koʻrsatamiz:
«Soliq toʻlovchi bildirishda koʻrsatilgan summalar yuzasidan e’tiroz bildirsa, soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasiga bu haqda yozma bildirish taqdim etish tavsiya etiladi. Yozma bildirish taqdim etmaslik bildirishda qayd etilgan koʻrsatkichlarga rozi ekanlikni anglatadi». Ya’ni 2018 yil 4-choragi uchun saldoni aks ettirish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha toʻlov summasi hisoblangan va toʻlangan JShDS summasi sifatida uni hisobdan chiqarish hisobiga nolga aylanadi.
Barcha soliq toʻlovchilar my.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabinet orqali soliq organlari bilan interaktiv muloqot oʻrnatganlar. Shu sababli ushbu bildirishga javob хatini va DSIga solishtirish dalolatnomasini ERI yordamida soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali joʻnatish mumkin deb hisoblaymiz.
Tatyana Limareva.