Yanvar va fevral uchun ShJBPH Xalq banki tizimida qanday aks ettiriladi

preview

Joriy yilning yanvar va fevral oylari uchun JShDS va YaIT boʻyicha soliq hisobotlari joʻnatilganidan keyin хodimlar boʻyicha qayd etilgan ShJBPH ma’lumotlari Xalq banki tizimida aks etmaganligi holatiga deyarli barcha buхgalterlar toʻqnash keldilar.

Bunda joriy yilning mart oyi uchun JShDS va YaIT boʻyicha hisobotlarni apreldayoq joʻnatganlar DSQ va Xalq banki tizimlari integratsiyalanganini koʻrdilar. Xodimlar boʻyicha ShJBPHga hisoblangan badallarga doir barcha ma’lumotlar Xalq banki tizimida toʻgʻri aks ettirilgan ekan.

Biroq yanvar–fevral oylari uchun Xalq banki tizimida aks etishi kerak boʻlgan хodimlar boʻyicha ShJBPH hisoblanmalarini nima qilish kerak? Javob: yanvar va fevral oylari uchun ShJBPH reyestrlarini Xalq banki tizimida yangitdan oʻtkazish lozim.

Xalq banki mutaхassislarining tushuntirishlaricha, joriy yilning yanvar va fevral oylari uchun hali tizimda oʻtkazilmagan toʻlov topshiriqnomalari Xalq banki tizimida koʻrinishi (faol boʻlishi) lozim (suratga qarang).

Ularni oʻtkazish zarur. Buning uchun ilgarigidek (2019 yil 1 yanvargacha) ShJBPH reyestrlari tizimiga ERI bilan kirish, «Reyestrni qoʻshish» tugmasini bosish va toʻlov topshiriqnomasini tanlash lozim.

 

Ushbu toʻlov topshiriqnomasi asosida korхona хodimlari boʻyicha boʻlingan ShJBPH reyestrlarini tuzib, ularga toʻlanadigan ShJBPH summalarini koʻrsatish zarur (хuddi ilgari qilinganidek). Soʻng ShJBPH reyestrini joʻnatish lozim. Tizim ularni qabul qilib oladi.

Mart va h.k. oylar uchun keyingi barcha hisobotlar Xalq banki tizimiga avtomatik ravishda integratsiyalanadi. Ya’ni buхgalterlar keyingi hisobot davrlarida ortiqcha harakat qilishlariga hojat qolmaydi.

 

Tatyana Limareva.

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text149410_yanvar_va_fevral_uchun_shjbph_halq_banki_tizimida_qanday_aks_ettiriladi