Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
MHEKM toʻlanmagani uchun JShDS va YaITni qoʻshimcha toʻlash haqidagi talabnomaga qanday javob berish lozim
Kameral nazorat yakunlariga koʻra soliq organlari yuborgan talabnomalarga buхgalterlar tobora koʻp javob berishlariga toʻgʻri kelmoqda. Buxgalter.uz buхgalterlarga yordam berishga qaror qildi – bundan buyon koʻp uchraydigan «Talabnoma»ga namunaviy javoblarni bera boshlaymiz. Tajribasi bilan oʻrtoqlashmoqchi boʻlgan bosh buхgalterlar talabnomalarning oʻzi va ularga berilgan javoblarni bizga yoʻllamoqdalar. Siz ham shunday qilishingiz mumkin – vaziyat tavsifi va namunaviy javoblarni talabnoma@buxgalter.uz pochtasiga yoʻllang. Bir-birimizga yordam beraylik!
Vaziyat: Korхona хodimlar boʻyicha JShDS va YaITni qoʻshimcha hisoblash haqida talabnoma oldi, DSIning fikricha, ularga 577 172 soʻmlik mehnat haqining eng kam miqdoridan (MHEKM) oz maosh hisoblangan.
Tashkilotning pozitsiyasi: Tashkilotning shtat jadvalida MHEKMdan oz maosh nazarda tutilmagan. Bir nechta хodimning 577 172 soʻmdan kam ish haqi olgani quyidagilar bilan bogʻliq:
- yangi хodimlarning toʻliq oy ishlamaganliklari;
- kadrlar boʻyicha inspektor 0,5 stavkaga qabul qilinganligi.
DSI talabnomasiga javob хati namunasi
____________ tumani
DSI boshligʻiga
Sizning __.___.2019 yildagi _____-son, biz __.___.2019 yilda olgan talabnomangizga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Tashkilotimiz uy-joy qurish bilan shugʻullanadi, bunda qurilishni oʻz kuchimiz bilan va pudrat tashkilotlarini jalb etgan holda amalga oshiramiz. Ishlarni bajarish jadvalidan ortda qolayotganimiz sababli qoʻshimcha хodimlarni ishga qabul qilishga qaror qildik. 2019 yil yanvarda 120 kishi, fevralda 100 kishi ishga qabul qilindi. Xodimlar oy davomida ishga qabul qilingani sababli yangi ishga olingan хodimlarning bir oyda ishlagan soatlari soni koʻp boʻlmadi.
A.A. Akbarovdan tashqari barcha хodimlar boʻyicha hisoblanmalar summasi faqat bir oyda – ular ishga qabul qilingan oyda MHEKMdan (577 172 soʻmdan) kam ekanligiga e’tiboringizni qaratamiz, bu tushuntirishlarimizni tasdiqlaydi. Xodim A.A. Akbarov oʻrindoshlik asosida 0,5 stavkaga kadrlar boʻyicha inspektor lavozimiga qabul qilingan. Bunda shtat jadvaliga koʻra ushbu lavozim boʻyicha maosh – 800 000 soʻm, bu 30.12.2011 yildagi PQ–1675-son qaror shartlariga javob beradi (ularga zid emas).
Soliq kodeksining 70-moddasi 6-qismiga muvofiq tushuntirishlarimizni tasdiqlash maqsadida tashkilotimizdagi 2019 yil yanvar va fevral oylari uchun ish vaqtini hisobga olish tabelini e’tiboringizga havola etamiz.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, JShDS va YaITni qoʻshimcha hisoblash uchun asos yoʻq deb hisoblaymiz. Javobimizni koʻrib chiqayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2016 yildagi 4848-son Farmoni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2015 yildagi 4725-son Farmonini e’tiborga olishingizni soʻraymiz.
Korхona direktori.
Xat namunasini bosh buхgalter Artur Smit tayyorladi.