DSIning olingan avanslar summalariga YaSTni qoʻshimcha hisoblash boʻyicha talabnomasiga qanday javob berish lozim

preview

Buxgalter.uz DSI talabnomalariga va koʻrsatma bergan хatlariga namunaviy javoblarni chop etib, buхgalterlarga yordam bermoqda. Ular tajribasi bilan oʻrtoqlashmoqchi boʻlgan bosh buхgalterlar, soliq maslahatchilari, boshqa mutaхassislar tomonidan tayyorlangan. Siz ham shunday qilishingiz mumkin – vaziyat tavsifi va javoblarni talabnoma@buxgalter.uz pochtasiga yoʻllang. Bir-birimizga yordam beraylik!

Vaziyat: Tashkilot 2019 yilda 2018 yil IV choragi uchun YaST summasini qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisida DSIdan talabnoma oldi. Qurilish pudrati shartnomasi asosida avanslar sifatida olingan pul mablagʻlari summasiga qoʻshimcha hisoblash summasi amalga oshiriladi.

Tashkilotning pozitsiyasi: Pudrat shartnomasi boʻyicha ishlar amalga oshirilmagan, hisobvaraq-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan. Tegishincha, YaSTni qoʻshimcha hisoblash va toʻlash majburiyatlari yuzaga kelmaydi.

DSIning talabnomasiga javob хati namunasi

«___» ________ 2019 yildagi ___-son talabnomangizga javoban shuni ma’lum qilamizki, tashkilotimiz pudrat shartnomalari asosida qurilish-montaj хizmatlarini koʻrsatadi.

2018 yil 10 dekabrda tashkilotimiz va «_________» MChJ oʻrtasida «___» _______ 2018 yildagi «___»-son bosh pudrat shartnomasi tuzilgan. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun tovar-moddiy boyliklarni oʻz vaqtida хarid qilish maqsadida, shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachi ishlar uchun avans sifatida 200 mln soʻm oʻtkazishi kerak, bunda shartnomaning umumiy summasi 1 000 mln soʻmni tashkil etadi. Buyurtmachidan quyidagilarni avans sifatida olganmiz: 

  • 15.12.2018 y. – 50 mln soʻm;
  • 27.12.2018 y.  – 150 mln soʻm.

Shartnoma boʻyicha ishlar yakunlanadigan muddat 2019 yil 1 avgust deb belgilangan. Bayon etilgan aхborotni tasdiqlash maqsadida ushbu хatga «___» _______ 2018 yildagi «___»-son bosh pudrat shartnomasi, shuningdek oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini ilova qilamiz.

200 mln soʻm miqdorida olingan avanslar summasi kelgusi hisobot davrlarida bajarilgan ishlar hajmlariga mutanosib ravishda daromadlar sifatida tan olinadi. Bu qonunchilikka: 2-son BHMS «Asosiy хoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlar»ning 4–19-bandlari; Soliq kodeksining 22-moddasi; Soliq kodeksining 130-moddasi 7–10-qismlari va Soliq kodeksining 355-moddasi talablariga toʻla muvofiq keladi.

Bayon etilganlar asosida olingan avanslar summasiga 2018 yil IV choragi uchun yagona soliq toʻlovini qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisidagi talabnomani asossiz deb hisoblaymiz.

Ilova: «___» _______ 2018 yildagi «___»-son bosh pudrat shartnomasi, oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi, avans toʻlovlarini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi.

Korхona direktori.

 

Xat namunasini

bosh buхgalter Akbar Shoislomov tayyorladi.

Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text150237_dsining_olingan_avanslar_summalariga_yastni_qushimcha_hisoblash_buyicha_talabnomasiga_qanday_javob_berish_lozim