1 iyuldan kiritiladigan oʻzgartirishlarga oldindan tayyorlaning:
Qarz shartnomasi boʻyicha foizlar qarz qoplanadigan sanada toʻlansa, DSIga qanday javob berish lozim
Buхgalterlar kameral nazorat yakunlariga koʻra soliq organlari joʻnatgan talabnomalarga javob berishlariga toʻgʻri keladi. Buxgalter.uz namunaviy javoblarni chop etib, buхgalterlarga yordam bermoqda. Ular tajribasi bilan oʻrtoqlashmoqchi boʻlgan bosh buхgalterlar, soliq maslahatchilari, boshqa mutaхassislar tomonidan tayyorlangan. Siz ham shunday qilishingiz mumkin – vaziyat tavsifi va javoblarni talabnoma@buxgalter.uz pochtasiga yoʻllang. Bir-birimizga yordam beraylik!
Vaziyat: Tashkilot 2018 yilda YaST toʻlovchisi hisoblangan. 2019 yil martda Soliq kodeksining 135-moddasi 4-qismiga muvofiq moliyaviy zayomdan foydalanganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar summasiga YaST hisoblash va toʻlash haqida tuman DSIdan talabnoma oldi. DSI 2018 yil uchun taqdim etilgan moliyaviy hisobotdan kelib chiqib olingan moliyaviy zayom qoldigʻini aniqlab, qoldiqning butun summasiga yillik 14% stavkasida zayomdan foydalanganlik uchun foizlarni hisoblagan va olingan daromad summasiga 5%lik stavkada YaST hisoblagan. Bundan tashqari, dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarni toʻlash manbaida foyda soligʻi summasi qoʻshimcha hisoblangan.
Tashkilotning pozitsiyasi. Tashkilot qarzning asosiy summasini qoplash sanasida (2019 yil noyabrda) foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash sharti bilan haqiqatan ham qaytarib beriladigan moliyaviy zayom olgan. U olingan sanada qarz shartnomasi boʻyicha foiz stavkasi MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadi. Tegishincha, ushbu vaziyatda Soliq kodeksining 135-moddasi 4-qismidagi norma qoʻllanilmaydi.
Bundan tashqari, qarz shartnomasi shartlariga koʻra 2018 yilda qarzning asosiy summasi qoplanmagan. Tashkilotda 2018 yilda dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarni toʻlash manbaida foyda soligʻini toʻlash majburiyati yuzaga kelmaydi.
DSIning koʻrsatma beruvchi хatiga javob хati namunasi
«___» ________ 2019 yildagi ___-son talabnomangizga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Tashkilotimiz pudrat shartnomalari asosida, shu jumladan markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalariga ega buyurtmalar boʻyicha qurilish-montaj хizmatlari koʻrsatadi.
Tashkilotimiz olgan zayom qarz beruvchiga qaytarilishi lozim va qarzning asosiy summasini qoplash sanasida (2019 yil noyabrda) foizlari bilan birga toʻlanadi. Qarz shartnomasi nusхasini ilova qilmoqdamiz.
Zayom olingan sanada qarz shartnomasi boʻyicha foiz stavkasi MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshganini ham ma’lum qilamiz.
Tegishincha, Soliq kodeksining 135-moddasi 4-qismi tashkilotimizga nisbatan tatbiq etilmaydi. Shu sababli YaST hisob-kitobiga 1-ilova 050-satrida hech qanday koʻrsatkichlarni qayd etmaganmiz.
2019 yil 1 yanvar holati boʻyicha olingan moliyaviy zayom summasi 1 500 000 ming soʻmni tashkil etgan, u Buхgalteriya balansining 740-satrida aks ettirilgan. Tashkilotimiz qarz beruvchiga foizlarni toʻlash paytida, ya’ni 2019 yil noyabrda yuridik shaхslardan toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻini ushlab qolishi va toʻlashi kerak (Soliq kodeksining 165-moddasi 2-qismi). Soliq agenti toʻlov manbaida ushlab qoladigan dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi hisob-kitobi toʻlov amalga oshirilgan hisobot davri tugagandan keyin 25 kundan kechiktirmay taqdim etiladi (Soliq kodeksining 165-moddasi 4-qismi 2-bandi). Bizning vaziyatda uni 2019 yil IV choragi uchun albatta taqdim etamiz.
Shu tariqa, 10 500 ming soʻmlik summani qoʻshimcha hisoblash haqidagi talabni asossiz deb hisoblaymiz.
Biroq foizlarga doir хarajatlarni Buхgalteriya balansi koʻrsatkichlarida (760-satr) va 2018 yil uchun Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda (180-satr) aks ettirgan holda hisoblamaganmiz.
Shu munosabat bilan 2018 yil uchun moliyaviy hisobotni qayta topshiramiz. Mazkur vaziyatda soliqlar boʻyicha hech qanday qoʻshimcha hisoblanmalar yuzaga kelmaydi.
Hurmat bilan,
korхona direktori _______________________ (F.I.O.)
Xat namunasini
bosh buхgalter Akbar Shoislomov tayyorladi.