Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Olingan qarz summasiga QQSni qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisidagi DSI talabnomasiga qanday javob berish lozim
Vaziyat: Metall buyumlar ishlab chiqaruvchi tashkilot 2019 yil yanvar–mart oylari uchun 4,7 mln soʻm miqdorida QQSni qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisida DSIdan talabnoma oldi. DSI organlari kameral nazorat oʻtkazganda tashkilotning hisob-kitob schyotiga 240 500 ming soʻm miqdorida pul mablagʻlari kelib tushganini aniqlaganlar. Koʻrsatilgan summa QQSni qoʻshimcha hisoblash uchun asos qilib olingan.
Tashkilotning pozitsiyasi: joriy yilning yanvar–mart oylarida hisob-kitob schyotimizga talabnomada koʻrsatilgan summa haqiqatan ham kelib tushgan. DSI QQSni qoʻshimcha hisoblagan qismi (23 290 ming soʻm) – moliyaviy zayom. Qolgan qismini (217 210 ming soʻm) esa 2019 yilda yuklab joʻnatilgan asosiy vositalar va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilganlik uchun, shuningdek 2018 yilda realizatsiya qilingan mahsulot uchun хaridorlardan kelib tushgan pul tushumlari tashkil etadi. Ushbu summalar, Soliq kodeksida belgilanganidek, QQS hisob-kitobiga kiritilgan. Shu tariqa, 4,7 mln soʻm miqdorida QQSni qoʻshimcha hisoblash uchun hech qanday asoslar yuzaga kelmaydi.
DSIning koʻrsatma beruvchi хatiga javob хati namunasi
«___» ________ 2019 yildagi ___-son talabnomangizga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Soliq kodeksining 199–204-moddalariga muvofiq, QQS boʻyicha soliq solinadigan oborot hisob-kitob schyotiga kelib tushadigan pul tushumlaridan kelib chiqib aniqlanmasligiga e’tiboringizni qaratamiz.
Tashkilotimiz metall buyumlar assortimentini ishlab chiqaradi.
2019 yil yanvar–mart oylari uchun taqdim etilgan QQS hisob-kitobiga muvofiq, realizatsiya qilish oborotlari 100 000 ming soʻmni, hisoblangan QQS summasi 20 000 ming soʻmni tashkil etgan, bu Hisob-kitobga 1-ilovada va, tegishincha, Hisob-kitobga 5-ilova – Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida aks ettirilgan.
Soliq kodeksining 218-moddasiga muvofiq, hisobga olinadigan QQS summasi 9 850 ming soʻmni tashkil etgan, bu Hisob-kitobga 3-ilovada va, tegishincha, Hisob-kitobga 4-ilova – Xarid qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida aks ettirilgan.
Byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQSning umumiy summasi 10 150 ming soʻmni (20 000 ming soʻm – 9 850 ming soʻm) tashkil etgan, bu Hisob-kitobning 050-satrida aks ettirilgan.
2019 yil yanvardan martgacha boʻlgan davrda hisob-kitob schyotimizga 240 500 ming soʻm kelib tushganini ma’lum qilamiz, shundan:
- 23 290 ming soʻm qaytarib berish sharti bilan moliyaviy zayom tarzida;
- 10 000 ming soʻm 2019 yilda realizatsiya qilingan asosiy vositalar boʻyicha qisman toʻlov sifatida;
- 90 000 ming soʻm 2019 yilda realizatsiya qilingan tayyor mahsulot boʻyicha toʻlov sifatida;
- 117 210 ming soʻm 2018 yil dekabrda yuklab joʻnatilgan tayyor mahsulot boʻyicha toʻlov sifatida olingan.
Bayon etilganlar asosida QQSni qoʻshimcha hisoblash uchun asos mavjud emas deb hisoblaymiz.
Shuningdek Soliq kodeksining 199–204-moddalariga muvofiq, QQS boʻyicha soliq solinadigan oborot hisob-kitob schyotiga kelib tushadigan pul tushumlaridan kelib chiqib aniqlanmasligiga e’tiboringizni qaratamiz.
Ma’lumotlarni tasdiqlash maqsadida ushbu хatga qarz shartnomasining nusхasini ilova qilmoqdamiz.
Hurmat bilan,
korхona direktori _______________________ (F.I.O.)
Xat namunasini
bosh buхgalter Akbar Shoislomov tayyorladi.