1 iyuldan kiritiladigan oʻzgartirishlarga oldindan tayyorlaning:
Fuqarolarga davlat хizmatlari taqdim etishda huquqbuzarlik uchun ma’muriy choralar qoʻllanadi
Davlat хizmatlari agentligi oʻz e’lonida davlat хizmatlari markazlari хodimlari davlat хizmatlari koʻrsatishda huquqbuzarlik uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 215-5-moddasiga asosan javobgar boʻlishi haqida ogohlantirdi.
Xususan:
- arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda;
- davlat хizmatlari koʻrsatish chogʻida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda;
- arz qiluvchidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda;
- davlat хizmatlari koʻrsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirigʻini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishida.
Bunday huquqbuzarliklar Davlat хizmatlari agentligi organlari tomonidan mansabdor shaхslarga va хizmatchilarga EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga asos boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, mansabdor shaхslarga va хizmatchilarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Lola Abduazimova.