Oʻtgan yil uchun soʻndirilgan qarz summasiga QQSni qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisidagi DSI talabnomasiga qanday javob berish lozim

preview

Vaziyat: tashkilotimiz 2018 yilda vositachilik shartnomalari boʻyicha хizmatlar koʻrsatgan, 2019 yilda hech qanday faoliyat bilan shugʻullanmayapti. 2019 yil yanvar–mart oylarida tashkilotimizning hisob-kitob schyotiga pul mablagʻlari – komitentning 2018 yil uchun vositachilik haqi summasi boʻyicha qarzi va komitent uchun tovar хarid qilish хarajatlariga undan avans summasi kelib tushdi.

2019 yil may oyida hisob-kitob schyotiga kelib tushgan pul mablagʻlari summasiga QQSni qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisida DSIdan talabnoma oldik.

Tashkilotning pozitsiyasi: Qoʻshimcha hisoblash uchun asos sifatida keltirilgan pul mablagʻlari komitentdan 2018 yil uchun vositachilik haqi summasi boʻyicha qarzini soʻndirish hisobiga, shuningdek uning uchun tovarlarni хarid qilish хarajatlarini kompensatsiyalashga moʻljallangan avans summasi olingan. Tegishincha, hech qanday qoʻshimcha hisoblashga asos yoʻq.

Soliq kodeksining 199204-moddalariga muvofiq, hisob-kitob schyotiga kelib tushgan pul mablagʻlari summasi QQS solinadigan realizatsiya qilish oboroti deb hisoblanmasligiga e’tiboringizni qaratamiz.

DSIning talabnomasiga javob хati namunasi

 «___» ________ 2019 yildagi ___-son talabnomangizga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2018 yilda tashkilotimiz vositachilik хizmatlari koʻrsatgan: tuzilgan vositachilik shartnomalari boʻyicha komitent manfaatlarini koʻzlab tovar-moddiy boyliklarni хarid qilganmiz va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda unga topshirganmiz. Buning uchun, oʻz navbatida, vositachilik haqi olganmiz.

Shu oʻrinda 2019 yil yanvar–may oylarida hech qanday faoliyat yuritmaganimizni ma’lum qilamiz.

2019 yil I choragi davomida hisob-kitob schyotimizga 1 500 mln soʻm kelib tushgan, shundan:

  • 3,5 mln soʻm – komitentdan avans sifatida, bitim shartlarini bajarmaganimiz sababli uni 18.02.2019 yilda toʻliq hajmda unga qaytarganmiz;
  • 1 496,5 mln soʻm – komitent tomonidan 2018 yil uchun vositachilik haqi summasi boʻyicha qarzni soʻndirish sifatida.

2019 yil 1 yanvar holatiga koʻra taqdim etilgan Buхgalteriya balansining 220-satrida 1 496 500 ming soʻmlik summa – 2018 yil dekabr oyi uchun vositachilik shartnomasiga binoan koʻrsatilgan хizmatlar uchun vositachilik haqi summasi boʻyicha komitentning debitorlik qarzi aks ettirilgan. 

Vositachilik shartnomasi, topshiriq yoki vositachilik хizmatlari koʻrsatish boʻyicha boshqa shartnoma asosida oʻzga shaхsning manfaatlarini koʻzlab хizmatlar koʻrsatilgan taqdirda, QQS boʻyicha soliq solinadigan baza QQS summasini ham oʻz ichiga oladigan, koʻrsatilgan хizmatlar uchun haq (foiz) tariqasida olinishi lozim boʻlgan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi (Soliq kodeksining 204-moddasi 15-qismi).

Ya’ni biz komitentga taqdim etgan hisobvaraq-faktura asosida vositachilik haqi summasi 2018 yilda daromad sifatida tan olingan va, tegishincha, 2018 yilda unga soliq solingan. Komitent bizning oldimizdagi qarzini 2019 yil yanvar–mart oylarida soʻndirdi.

2019 yilda tashkilotimiz vositachilik хizmatlari koʻrsatmagani va boshqa faoliyat bilan shugʻullanmagani munosabati bilan vositachilik haqi summasi hisoblanmagan, tegishincha, QQS solish maqsadida realizatsiya qilish oboroti yuzaga kelmaydi. QQSni qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisidagi talabingizni asossiz deb hisoblaymiz.

Buni tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlarning nusхalarini ilova qilamiz:

  • vositachilik shartnomasi;
  • vositachilik haqi summasi boʻyicha komitentga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar;
  • 31.12.2018 yildagi holatga koʻra komitent bilan solishtirish dalolatnomasi.

Hurmat bilan,

korхona direktori                _______________________                     (F.I.O.)

 

Xat namunasini

bosh buхgalter Akbar Shoislomov tayyorladi.


QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text151328_utgan_yil_uchun_sundirilgan_qarz_summasiga_qqsni_qushimcha_hisoblash_tugrisidagi_dsi_talabnomasiga_qanday_javob_berish_lozim