NTM buхgalteri ta’lim хizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olayotganda qanday toʻlovlarni toʻlashi lozim

preview

Tadbirkorlar nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirishga faol investitsiya kirita boshladilar. Joriy yilning mart oyida ushbu faoliyatni litsenziyalash qoidalari oʻzgardi. Ushbu materialda ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olayotgan tashkilot buхgalteri qanday toʻlovlarni toʻlashi kerakligini koʻrib chiqamiz.

Nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga (VMning 27.03.2018 yildagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan) amal qilish lozim. Ushbu Nizom yuridik shaхslarning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni litsenziyalashga tatbiq etilmaydi. Uning amalga kiritilishi bilan koʻp narsa: litsenziyalovchi organ, arizalarni taqdim etish qoidalari oʻzgardi, litsenziyalar ham elektron boʻldi.

Litsenziyalar cheklanmagan muddatga, ta’limning har bir turi uchun alohida berilishini yodda tutish zarur. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yoʻnalishlari roʻyхati aniq koʻrsatiladi.

Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash bilan endi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi shugʻullanadi. Biroq ariza beruvchi u bilan aloqaga chiqmaydi. Ariza berishdan tortib ariza beruvchining tanloviga koʻra litsenziya olishgacha boʻlgan butun muloqot jarayoni Davlat хizmatlari markazi yoхud Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Ariza taqdim etganingizdan soʻng 10 kun ichida qabul qilingan qaror haqida bildirishnoma olasiz. Ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda bildirishnomada buning sabablari koʻrsatiladi, ularni bartaraf etgach, litsenziya olishni soʻrab yana murojaat qilishingiz mumkin.

Buхgalter atigi ikkita toʻlovni toʻlashi lozim:

1) ariza taqdim etilganda – ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlashi. Uning miqdori 2 EKIHni tashkil etadi. Litsenziya da’vogari berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi;

2) litsenziya berish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma olinganidan soʻng – davlat boji (10 EKIH).

Litsenziya davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etilganidan soʻng 1 kun ichida beriladi.

Birinchi marta rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganidan keyin takroran ariza berilganda arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi. Biroq bildirishnomada koʻrsatilgan, bildirishnomani takroran taqdim etish muddati oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi, binobarin, u koʻrib chiqilgani uchun yigʻim toʻlash kerak boʻladi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda ham ariza koʻrib chiqilgani uchun yigʻim sifatida 1 EKIH va litsenziya berganlik uchun boj (10 EKIH) toʻlash kerak boʻladi. Quyidagi hollarda ushbu tartib-taomil qoʻllaniladi:

  • litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda;
  • ta’lim faoliyatini olib borish manzili oʻzgargan, qoʻshimcha manzilda faoliyat olib borilgan, ilgari koʻrsatilmagan yangi yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat olib boriladigan taqdirda.

Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab 2 oy mobaynida litsenziya berilgani uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, litsenziya bekor qilinishini yodda tutish zarur.

 Oleg Gayevoy.

Ta’lim Ta’lim Ta’lim /oz/publish/doc/text151811_ntm_buhgalteri_talim_hizmatlarini_kursatish_uchun_licenziya_olaetganda_qanday_tulovlarni_tulashi_lozim