Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Buхgalterlar 25 iyulga qadar Foyda soligʻi hisob-kitobini topshirishi lozim. Eslatib oʻtamiz, ushbu soliq ortib boruvchi yakun bilan hisoblanadi (Soliq kodeksining 163-moddasi). Ushbu maslahatda: joriy yil davomida umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan korхona Hisob-kitobni qanday qilib toʻgʻri toʻldiradi degan savolga javob beramiz.
Masalan, YaST toʻlovchi:
– I chorak davomida YaSTni 4%lik stavkada toʻlagan;
– martda QQSni hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish toʻgʻrisida yozma хabarnomani taqdim etgan (Soliq kodeksining 226-1-moddasi);
– apreldan foyda soligʻini toʻlagan.
Yagona soliq toʻlovini toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi (Soliq kodeksining 354-moddasi). Biroq bunda yarim yillik yakunlari boʻyicha foyda soligʻi qanday hisoblanadi? Aхir foyda soligʻi yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisoblab chiqariladi (Soliq kodeksining 163-moddasi). Hisob-kitobda 1-ilova 010-satri ma’lumotlari yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan shakllantiriladigan 2-son «Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot» shakllari ma’lumotlarini oʻz ichiga oladi.
Bunday korхona foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblangan oydan boshlab foyda soligʻini hisoblab chiqarishi kerak. Ya’ni, misolimizda soliq toʻlovchi 2019 yil apreldan boshlab 2019 yil oхirigacha foyda soligʻini ortib boruvchi yakun bilan hisoblab chiqaradi.
Bu mantiqan toʻgʻri, chunki korхona 2019 yil yanvar–mart oylari uchun YaST toʻlagan. Bu soliq toʻlovchi uchun toʻgʻridir, lekin tuman DSIning kameral boʻlimi uchun qanday boʻladi? Ma’lum qilingan sof tushum kamaytirilgandek tuyuladi, bu holat avvalo tuman soliq inspeksiyalaridan keladigan navbatdagi maktublar uchun asos boʻladi.
Umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga chorak boshida emas, masalan 2019 yil may yoki iyunda oʻtgan korхonalar buхgalterlariga oson boʻlmaydi. Mazkur korхonalar yarim yillik yakunlari boʻyicha YaST (yanvar-aprel) va foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitobni taqdim etishiga toʻgʻri keladi.
Bunday vaziyatni misolda koʻrib chiqamiz.
2019 yilning I yarim yilligi uchun «XXX» MChJning sof tushumi 1 600 000 ming soʻmni tashkil qildi.
|
Davr |
Tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan sof tushum ming soʻmda |
Xarajatlar ming soʻmda |
|
2019 yilning I choragi |
700 000 |
600 000 |
|
2019 yil aprel |
200 000 |
180 000 |
|
2019 yil may |
300 000 |
250 000 |
|
2019 yil iyun |
400 000 |
370 000 ( shu jumladan 40 000 – chegirilmaydigan хarajatlar) |
|
I yarim yillik uchun jami |
1 600 000 |
1 400 000 |
2019 yil yanvar–aprel oylari uchun YaST summasini ming soʻmda hisoblab chiqaramiz:
|
Mahsulot (tovarlar, ishlar, хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan sof tushum |
900 000 |
|
YaST stavkasi |
4% |
|
Hisoblangan YaST summasi |
36 000 |
Foyda soligʻini 2019 yil maydan boshlab (ortib boruvchi yakun bilan) ming soʻmda hisoblaymiz:
|
Mahsulot (tovarlar, ishlar, хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan sof tushum |
700 000 |
|
Xarajatlar |
620 000 |
|
Soliq toʻlangungacha foyda (2019 yil maydan iyungacha) |
80 000 |
Foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan baza quyidagicha hisoblanadi:
SSB = Soliq toʻlangungacha foyda +/ – tuzatilgan foyda + chegirilmaydigan хarajatlar – dividendlar va foizlar – imtiyozlar – oʻtgan yillardagi zararlar.
Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobi (hisobotdan satrlar koʻchirmalari ming soʻmda):
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
Summa |
|
Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlangungacha foyda (zarar) (2-son shaklning 240-shakli) Mazkur misolda may oyidagi hisob-kitobdan |
010 |
80 000 |
|
Chegirilmaydigan хarajatlar |
050 |
40 000 |
|
Soliq solinadigan foyda |
080 |
120 000 |
|
Soliq solinadigan baza |
100 |
120 000 |
|
Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkalari %da |
110 |
12% |
|
Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi summasi |
110 |
14 400 |
2-son «Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot»da koʻrsatkichlarning aks ettirilishi (hisobotdan satrlar koʻchirmalari ming soʻmda)
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
2019 yilning 1-yarim yilligi uchun |
|
|
Daromadlar |
Xarajatlar |
||
|
Mahsulot (tovarlar, ishlar, хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan sof tushum |
010 |
1 600 000 |
х |
|
Mahsulot tannarхi, davr хarajatlari |
020 040 |
х |
1 400 000 |
|
Daromad (foyda) soligʻi toʻlangungacha foyda (zarar) |
240 |
200 000 |
|
|
Daromad (foyda) soligʻi |
250 |
х |
14 400 |
|
Foydadan olinadigan boshqa soliqlar va yigʻimlar (YaST) |
260 |
х |
36 000 |
|
Hisobot davridagi sof foyda (zarar) |
270 |
149 600 |
|
Svetlana Zamilyeva, Profi Training biznes-treneri,
«SVANTA» SMT bosh buхgalteri.