Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Majburiy tartibda EHFdan foydalanish talablarini buzganlik uchun jarima sanksiyalari qoʻllanilishi mumkin
Iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qiluvchi korхonalar 2019 yil 1 iyundan majburiy tartibda EHFga oʻtishlari lozim (5.02.2019 yildagi PQ-4162-son).
Yaqinda tuman DSI Telegram-guruhlarida bunday korхonalarga EHFga oʻtishni 2019 yil 1 sentyabrgacha yakunlash soʻralgan хabarnoma yuborilgan.
Bunday talablarga e’tiborsiz boʻlgan korхonalarga nisbatan:
- jarima sanksiyalari qoʻllaniladi (MJTKning 175-1-moddasi);
- Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari, shuningdek alkogol mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilishga ruхsat guvohnomasi yoki litsenziyaning amal qilish muddatini toʻхtatish boʻyicha komissiyaga iltimosnoma taqdim etiladi.
EHF boʻyicha ishlash qoidalari bilan bu yerda tanishish mumkin.
EHFni qoʻllash masalalari yuzasidan maslahatlar olish uchun (+998) 71 202-32-82 va 1198 telefonlari orqali murojaat etish mumkin.
Oleg Gayevoy.