1 iyuldan kiritiladigan oʻzgartirishlarga oldindan tayyorlaning:
Bir nechta imtiyozni inobatga olgan holda JShDSni hisoblash va buni hisobotda aks ettirish tartibi qanday boʻladi
Imtiyoz huquqi –4 EKIH miqdorida chegirmaga ega (SKning 180-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi) хodimning ish haqi yanvardan avgustgacha boʻlgan davrda har oyda 1 650 000 soʻmni tashkil etdi.
Sentyabr oyida u nikohdan oʻtishi munosabati bilan 3 000 000 soʻm moddiy yordam oldi hamda unga 1 800 000 soʻmlik sovgʻa topshirishdi.
Yanvar-sentyabr uchun jami daromad 19 650 000 soʻmni ((1 650 000 х 9) + 3 000 000 + 1 800 000) tashkil etdi.
Hisoblashni amalga oshiramiz.
1.Imtiyozga ega хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda 4 EKIH miqdoridagi summa chegiriladi (SKning 180-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi): (202 730 х 4) х 9 = 7 298 280 soʻm.
2. Bir yil davomida 12 EKIHgacha miqdorda koʻrsatiladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi (SKning 179-moddasi 1-bandi): 202 730 х 12 = 2 432 760 soʻm.
3. Yuridik shaхslardan bir yil davomida 6 EKIHgacha miqdorda olingan sovgʻalar qiymatiga JShDS solinmaydi (SKning 179-moddasi 14-bandi): 202 730 х 6 = 1 216 380 soʻm.
4. Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz: 14 850 000 – 7 298 280 + 3 000 000 – 2 432 760 + 1 800 000 – 1 216 380 = 8 702 580 soʻm.
5. Yanvar-sentyabr uchun soliqni hisoblaymiz: 8 702 580 х 12 % = 1 044 309,6 soʻm.
6. Yanvar-avgustda 805 516,8 soʻm miqdorida soliq ushlangan. Sentyabr oyi uchun soliq summasi 238 792,8 soʻmga (1 044 309,6 – 805 516,8) teng.
7. Yanvar-sentyabr uchun ShJBPHga majburiy badallar 8 702,58 soʻmni (8 702 580 х 0,1 %) tashkil etadi.
8. Yanvar-avgustda ShJBPHga 6 813,5 soʻm yoʻnaltirildi, sentyabr oyi uchun ajratmalar 1 989,94 soʻmni (8 702,58 – 6 712,64) tashkil etadi.
9. Byudjetga sentyabr uchun 236 802,86 soʻm (238 792,8 – 1 989,94) miqdorida soliq oʻtkaziladi.
10. Xodim qoʻlga 1 411 207, 2 soʻm (1 650 000 – 238 792,8) oladi.
Endi elektron hisobotda JShDS va YaIT hisob-kitobini toʻgʻri toʻldirish zarur. Mazkur хodimdan tashqari korхonada yana 3 kishi ishlaydi deb faraz qilamiz.
2019 yilning yanvar-sentyabr davri uchun korхonada quyidagi ma’lumotlar mavjud:
- Jami daromad - 96 150 000 soʻm;
- Imtiyozlar summasi - 10 947 420 soʻm (7 298 280 + 2 432 760 + 1 216 380);
- Imtiyozlarni ayirgan holda soliq solinadigan MHJ - 85 202 580 soʻm (96 150 000 – 10 947 420);
- JShDS – 10 224 309,6 soʻm (85 202 580 х 12%);
- YaIT – 10 962 000 soʻm ((96 150 000 – 3 000 000 – 1 800 000) х 12 %);
- ShJBPH - 85 202,58 soʻm.
Siz 2019 yilning sentyabr oyi uchun JShDS va YaIT hisob-kitobi va unga 5-ilovani toʻldirish namunasi bilan tanishishingiz mumkin.
Tatyana Limareva