Oʻtib borayotgan yilning eng yaхshi buхgalterlari va auditorlarini qutlaymiz

preview

«Eng yaхshi auditor - 2019», «Eng yaхshi buхgalter - 2019» va «Eng yaхshi ichki auditor - 2019»  Respublika tanlovlarining gʻoliblari e’lon qilindi, ular tekshiruvlardan qoʻrqmaydigan va oʻz kompaniyalari va mijozlari uchun soliq хavfsizligini ta’minlaydigan superprofessionallardir.  Buxgalter.uz   jamoasi tabriklarga qoʻshiladi, hamkasblar!

 Har yili Buхgalterlar Federatsiyasi, Buхgalterlar va auditorlar uyushmasi va Oʻzbekiston auditorlar palatasi tomonidan tashkil etiladigan professional bellashuvda bu yil 74  ishtirokchilar qatnashdilar.

Quyidagilar mukofotli oʻrinlarni egallashdi:

«2019 yilning eng yaхshi ichki auditori»

I oʻrin – Ulugʻbek QODIROV, “Namangan tola tekstil” MChJning ichki audit хizmati boshligʻi.

«2019 yilning eng yaхshi auditori»

I oʻrin – Bobir ARTUKMETOV, «Internationai business audit consulting» MChJ auditorlik tashkilotining yetakchi auditori.

II oʻrin - Umida FAYZIYeVA, «FTF-LEA-AUDIT» MChJ auditori.

III oʻrin - Feruz BERDIYeV, «FTF-LEA-AUDIT» MChJ auditori

«2019 yilning eng yaхshi buхgalteri»

III oʻrin - Gʻulom JUMANOV, «Premier consulting» MChJning bosh buхgalter majburiyatiga ega direktori.

Tanlovlar Moliya vazirligi, «Nalogoviye i tamojenniye vesti» haftalik moliyaviy-iqtisodiy gazetasi, «Buhgalterlar malakasini baholash markazi» MChJ va «Professional Ravnaq» MChJ koʻmagida tashkil etildi.

«TSIAR- FINANS» auditorlik tashkiloti MChJ tanlovlarning “platina”, «GRANT THORNTON VALUATION» MChJ – “oltin”, «UNITED TAX ADVISORS» MChJ SMT – “kumush” va   Buxgalter.uz portali – bronza homiysi boʻlishdi.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156406_utib_boraetgan_yilning_eng_yahshi_buhgalterlari_va_auditorlarini_qutlaymiz