Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi tariflar setkasi 1 fevraldan joriy etiladi

preview

U bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 9 yanvardagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan, deyiladi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Telegram-kanalida.

Prezidentning 30.12.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4555-son qarori bilan 1 fevraldan boshlab ish haqi, pensiyalar, nafaqalar miqdorini oshirish nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi setka kiritilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, shu sanadan boshlab respublika hududida:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) - oyiga 679 330 soʻm;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 238 610 soʻm;
  • eng kam yoshga doir pensiyalar - oyiga 466 680 soʻm;
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 466 680 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 286 390 soʻm.

Bazaviy hisoblash miqdori (223 000 soʻm)   oʻzgarishsiz qoldiriladi.

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text157220_mehnatga_haq_tulash_buyicha_yangi_tariflar_setkasi_1_fevraldan_joriy_etiladi