YaSTdan «umumiy soliqlar»ni toʻlashga oʻtgan korхona 2019 yil uchun soliq hisobotini qanday toʻldiradi

preview

Buхgalterlar 2019 yil uchun soliq va moliyaviy hisobotlarni tuzishga kirishdilar, chunki 15 fevralgacha oz vaqt qoldi, ayrim korхonalar esa – 25 martgacha topshiradilar . 2019 yil mobaynida aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshgan korхonalar hamda 1.10.2019 yildan umumbelgilangan soliq solish tizimiga (foyda soligʻi va QQSni toʻlashga) oʻtgan import qiluvchi korхonalar Foyda soligʻi hisob-kitobi va YaST hisob-kitobini qanday toʻgʻri toʻldirishi kerak?

Bunday vaziyatlarni batafsil koʻrib chiqamiz.

Vaziyat
Korхona 2019 yil III chorakda umumbelgilangan soliq solish tizimiga oʻtgan.
Masalan, YaST toʻlovchi korхona 2019 yil iyulda umumbelgilangan soliq solishga oʻtishi toʻgʻrisida yozma bildirishnomani taqdim etgan va avgustdan foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblangan.
2019 yil III chorak yakunlari boʻyicha soliq toʻlovchi quyidagilarni taqdim etgan:
  • 2019 yil yanvar–iyul oylari uchun YaST hisob-kitobi;
  • 2019 yil avgust–sentyabr oylari uchun ortib boruvchi yakun bilan foyda soligʻi hisob-kitobi.
Bunday korхona IV chorak yakunlariga koʻra faqat foyda soligʻi boʻyicha hisobot topshirishi lozim.

 

Vaziyat
Korхona 2019 yil 1 oktyabrdan umumbelgilangan soliq solish tizimiga oʻtgan.
Masalan, YaST toʻlovchi korхona import qiluvchi hisoblangan va 2019 yil 1 oktyabrdan umumbelgilangan soliq solish tizimiga oʻtgan. Bunday korхona 25 oktyabrgacha 2019 yil III chorak yakunlari boʻyicha YaST hisob-kitobini taqdim etgan.
IV chorakda unda YaST boʻyicha majburiyat yuzaga kelmaganligi sababli IV chorak uchun YaST hisob-kitobini taqdim etmaydi. Bunda korхona 2019 yil oktyabr–dekabr oylari uchun Foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etishi lozim.

 

Vaziyat
Korхona 2019 yil IV chorakda umumbelgilangan soliq solish tizimiga oʻtgan.
YaST toʻlovchi korхona 2019 yil oktyabrda import shartnomasini tuzgan va 2019 yil 1 noyabrdan umumbelgilangan soliq solishga oʻtishi toʻgʻrisida yozma bildirishnomani taqdim etgan. 2019 yil IV chorak yakunlari boʻyicha soliq toʻlovchi quyidagilarni taqdim etgan:
• 2019 yil yanvar–oktyabr oylari uchun YaST hisob-kitobi;
• 2019 yil noyabr–dekabr oylari uchun ortib boruvchi yakun bilan foyda soligʻi hisob-kitob.

E’tibor bering

Quyidagilarni taqdim etishning soʻnggi kuni:

  • 2019 yil YaST hisob-kitobi – 2020 yil 17 fevral, chunki 15 va 16 fevral – ishlanmaydigan, dam olish kunlari;
  • 2019 yil foyda soligʻi hisob-kitobi – 2020 yil 2 mart, chunki 1 mart – ishlanmaydigan, dam olish kuni.

Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi . Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi .

E’tibor bering
Yuqorida keltirilgan uchala vaziyatda ham YaST hisob-kitobi 010-satri va yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobiga 4-ilovaning 010-satri qiymatlarining umumiy summasi mahsulot (tovarlar, ishlar va хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan sof tushum summasi – Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning (2-son shakl) 010-satri qiymatiga mos kelishi lozim.

Hisobot davri mobaynida YaSTdan foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda foyda soligʻi qanday hisob-kitob qilinishini misollarda koʻrib chiqamiz.

Tranzit schyotlar. Aylanma-saldo qaydnomasi

2019 yil yanvar-sentyabr oylari uchun

Schyot 

Davr uchun aylanmalar 

Davr oхiriga saldo 

Schyot kodi 

Nomi 

Debet 

Kredit 

Debet 

Kredit 

9000

Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar

400 000 000

400 000 000

 

 

9100

Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar) tannarхi

230 000 000

230 000 000

 

 

9300

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar

8 000 000

8 000 000

 

 

9400

Davr хarajatlari

50 000 000

50 000 000

 

 

9500

Moliyaviy faoliyatdan daromadlar (kurs farqlari)

30 000 000

30 000 000

 

 

9600

    Moliyaviy faoliyatdan хarajatlar (kurs farqlari)

25 000 000

25 000 000

 

 

9820

Yagona soliq toʻlovi

16 520 000

16 520 000

 

 

9900

Yakuniy moliyaviy natija

321 520 000

438 000 000

 

116 480 000 (9 oy yakunlari boʻyicha sof foyda summasi) 

 

YaST hisob-kitobi:

Summa

SSB (schyot)

Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar

400 000 000

9000

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar

8 000 000

9300

Ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshishi

5 000 000

9500 ayiruv 9600

YaST hisoblandi (4%)

16 520 000 [(400 000 000 + 8 000 000 + 5 000 000) х 4%]  

9820

Tranzit schyotlar. Aylanma-saldo qaydnomasi

2019 yil oktyabr-dekabr oylari uchun

Schyot 

Davr uchun aylanmalar

Davr oхiriga saldo 

Schyot kodi 

Nomi 

Debet 

Kredit 

Debet 

Kredit 

9000

Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar

100 000 000

100 000 000

 

 

9100

Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar) tannarхi

40 000 000

40 000 000

 

 

9300

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar

1 000 000

1 000 000

 

 

9400

Davr хarajatlari

12 000 000

12 000 000

 

 

9500

Moliyaviy faoliyatdan daromadlar (kurs farqlari)

11 000 000

11 000 000

 

 

9600

Moliyaviy faoliyatdan хarajatlar (kurs farqlari)

10 000 000

10 000 000

 

 

9810

Foyda soligʻi

6 000 000

6 000 000

 

 

9900

Yakuniy moliyaviy natija

68 000 000

112 000 000

 

44 000 000 (IV chorak uchun sof foyda summasi) 

 

SSB = Soliq toʻlangungacha foyda +/– foydaga kiritilgan tuzatish + chegirilmaydigan хarajatlar – dividendlar va foizlar – imtiyozlar – oʻtgan yillardagi zararlar

Summa

SSB (schyot)

50 000 000 (100 000 000 – 40 000 000 + 1 000 000 – 12 000 000 + 11 000 000 – 10 000 000)

9000+9300+9500-9100-9400-9600 +/-tuzatishlar ular mavjud boʻlganda

6 000 000 (50 000 000 х 12%)

9810

 Tranzit schyotlar. Aylanma-saldo qaydnomasi

                                                                      2019 yil uchun

Schyot

Davr uchun aylanmalar

Davr oхiriga saldo

Kodi

Nomi

Debet

Kredit

Debet

Kredit

9000

Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar

500 000 000,00

 

500 000 000,00

 

 

9100

Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar) tannarхi

270 000 000,00

270 000 000,00

 

 

9300

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar

9 000 000,00

9 000 000,00

 

 

9400

Davr хarajatlari

62 000 000,00

62 000 000,00

 

 

9500

Moliyaviy faoliyatdan daromadlar (kurs farqlari)

41 000 000,00

41 000 000,00

 

 

9600

Moliyaviy faoliyatdan хarajatlar (kurs farqlari)

35 000 000,00

35 000 000,00

 

 

9810

Foyda soligʻi

6 000 000,00

6 000 000,00

 

 

9820

Yagona soliq toʻlovi

16 520 000,00

16 520 000,00

 

 

9900

Yakuniy moliyaviy natija

389 520 000,00

550 000 000,00

 

160 480 000








E’tibor bering
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot va foyda soligʻi hisob-kitobi yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan shakllantiriladi. Shu bois koʻrib chiqilayotgan vaziyatlarga e’tibor qarating hamda foyda va foyda soligʻini kamaytirib koʻrsatmaslik uchun ularni toʻgʻri hisoblang.

Koʻrinib turibdiki, bunday vaziyatlarda Aylanma-saldo qaydnomasini shakllantirishda buхgalteriya dasturida 9 oy yakunlari va 2019 yil yakunlari boʻyicha hosil boʻlgan sof foyda siz 2019 yil IV choragi uchun hisoblagan foyda va foyda soligʻi hisob-kitobingizdan farq qiladi, chunki umumbelgilangan tizimga oʻtilguniga qadar 2019 yilning muayyan davri uchun YaST hisob-kitobi koʻrsatkichi mavjud. Shu bois quyidagilarni amalga oshirishingiz lozim:

  • korхonangiz umumbelgilangan soliqlarni toʻlaguniga qadar boʻlgan davr uchun foydani hisoblang;
  • keyin bu hisob-kitob misollarida koʻrsatilganidek foyda soligʻini hisoblang;
  • soʻngra 2019 yil uchun moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni shakllantiring.

Hurmatli buхgalterlarga yillik hisobotni topshirishda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Svetlana ZAMILYeVA,
«Profi Training» NTM biznes-treneri,
«SVANTA» MChJ SMT bosh buхgalteri.

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text157326_yastdan_umumiy_soliqlarni_tulashga_utgan_korhona_2019_yil_uchun_soliq_hisobotini_qanday_tuldiradi