Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Davlat soliq qoʻmitasi Prezidentning PF-5978-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar qanday ishlashini tushuntirdi: foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻini oshirilgan stavkalarini qoʻllash, shuningdek oshirilgan stavkalarni qoʻllash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish.
Ushbu imtiyozlarni olish uchun soliq organlariga murojaat qilish shart emas – deb ta’kidlashdi DSQda. Ular avtomatik tarzda – dasturiy mahsulot orqali qoʻllaniladi, uning yordamida DSQ oshirilgan stavkalarni qoʻllash va qarzdorlikni undirish tartibini nazorat qiladi.
Ta’kidlab oʻtamizki, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda faqat Biznes-ombudsman tomonidan DSQga nisbatan ogohlantirish chiqarilgandan keyingina 4 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’yektlari davlatimiz rahbari farmonlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalana olganliklari toʻgʻrisidagi aхborot tarqatilgandan keyin DSQ saytida imtiyozlar bilan bogʻliq vaziyatni tushuntirish paydo boʻldi.
![]()