DSQ 10006_14 shakl boʻyicha 2 ta dolzarb savolga javob berdi

preview

May oyi uchun QQS hisob-kitobini topshirish muddatlari oʻtganligiga qaramay, buхgalterlar ilgarigidek 10006_14 kodli Hisob-kitobning yangi shaklidan qiynalishmoqda. Hamkasblarga yordam tariqasida buxgalter.uz keng tarqalgan muammolar boʻyicha DSQning javoblarini toʻpladi. Umid qilamizki, bu sizga ishlashda yordam beradi.

1. Vositachilik (topshiriq) shartnomalari asosida realizatsiya qilingan tovarlar (хizmatlar) QQS hisobotining ilovalarida qanday aks ettiriladi?

- Vositachilik (topshiriq) shartnomalari asosida tovarlar (хizmatlar) realizatsiya qilinganida vositachi (komissioner) tomonidan uch tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi.

Rasmiylashtirilgan EHF QQS hisobotida:

  • komitentning 5-ilovasida;
  • sotib oluvchining (u tomonidan tasdiqlansa) 4-ilovasida;
  • vositachi (komissioner) ning 6-ilovasida avtomatik shakllanadi.

(manba:  https://t.me/soliqnews/4291 )

2. Jismoniy shaхslarga tovarlar nakd pulda yoki terminalda sotilganda savdo pullari QQS hisobot shaklining 5-ilovasiga qanday kiritiladi?

- Tovarlar (хizmatlar) nazorat-kassa mashinalari yoki toʻlov terminallari orqali realizatsiya qilinganda, hisobot davri, ya’ni oy yakuniga koʻra jami sotilgan mahsulot summasi “Bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura” ni tanlash orqali kontragentning ma’lumotlarini toʻldirmasdan QQS hisobotida shakllantiriladi.

(Manba - https://t.me/soliqnews/4279 )

Soliq organlarining boshqa vaziyatlar boʻyicha sharhlarini bu yerda oʻqing.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text160689_dsq_10006_14_shakl_buyicha_2_ta_dolzarb_savolga_javob_berdi