Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
III chorak uchun boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani kimlar taqdim etmaydi
Xoʻjalik faoliyati qisqartirilgan sharoitda foyda soligʻini toʻlovchilarga boʻnak toʻlovlarini avvalgi chorak yakunlari asosida emas, balki boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etish orqali kutilayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib toʻlash huquqi berildi
.
«Norma» eksperti Oleg SOY III chorak uchun bunday ma’lumotnomani kimlar qanday hollarda taqdim etishlari kerak emasligi, qanday qilib boʻnak toʻlovlarini korхonaga zarar keltirmaydigan qilib toʻlash mumkinligi haqida gapirib berdi.
Boʻnak toʻlovlarini kimlar toʻlaydi
1. 2019 yildagi jami daromadi kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar toʻlovlarni hisobot choragi har bir oyining 23-kunidan kechiktirmay toʻlaydi
. Soliq toʻlovchilarning ushbu toifasi 2020 yil mobaynida jami daromad hajmlari kamaygan taqdirda ham ularni toʻlaydi.
2020 yil yakunlariga koʻra bunday soliq toʻlovchining jami daromadi 5 mlrd soʻmdan oshmasa, u 2021 yildan boshlab boʻnak toʻlovlarini toʻlamaslikka haqli boʻladi.
2. 2020 yil mobaynida jami daromadi 5 mlrd soʻmdan oshgan korхonalar ularni bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi. Ushbu qoida yangidan tashkil etilgan korхonalarga ham taalluqli
.
Boʻnak toʻlovlari summasi soliq organlari tomonidan avvalgi chorak koʻrsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
- 01.07.2019 yildan 31.12.2019 yilgacha;
- 01.01.2020 yildan 31.03.2020 yilgacha;
- 01.01.2020 yildan 30.06.2020 yilgacha.
Ma’lumotnomani kimlar taqdim etadi
Qoʻllab-quvvatlash chorasi sifatida foyda soligʻini toʻlovchilar uni avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash boʻyicha oʻrnatilgan talablarni bekor qilgan holda, 2020 yilning II choragidan boshlab, kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega boʻldilar
.
Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisoblash uchun ma’lumotnomalarni taqdim etish sizning majburiyatingiz emas, balki huquqingiz hisoblanadi.
Sizga taqdim etilgan boʻnak toʻlovlari summasini pasaytirish huquqini suiiste’mol qilmang. Soliq organlari taqdim etiladigan foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarga tuzatish kiritish vakolatiga ega
.
Ma’lumotnomani belgilangan muddatlarda taqdim etmagan boʻlsangiz, u holda boʻnak toʻlovlarini SKda belgilangan tartibda, avvalgi chorak koʻrsatkichlaridan kelib chiqib toʻlashingiz kerak boʻladi.
Kelgusida daromad olishga koʻzingiz yetmayotgan boʻlsa…
Kelgusi chorakda avvalgi chorak bilan solishtirganda soliq solinadigan foyda kamayishini kutayotgan boʻlsangiz, u holda boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani III chorak uchun taхmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib taqdim etishingiz maqsadga muvofiq. Bu holda boʻnak toʻlovlarini avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash boʻyicha oʻrnatilgan talablar bekor qilinadi.
Boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma joriy hisobot davri birinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi
:
- III chorak uchun – 2020 yilning 20 iyulidan kechiktirmay;
- IV chorak uchun – 2020 yilning 20 oktyabridan kechiktirmay.
Soliq solinadigan foydaning oshishi kutilayotgan boʻlsa
III chorakda kutilayotgan soliq solinadigan foyda II chorakdagi haqiqiy foydadan ortiq boʻlsa, III chorak uchun boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etmasligingiz mumkin. Ushbu qoida 2020 yil IV choragiga ham tatbiq etiladi.
Bu holda boʻnak toʻlovlarini II chorakdagi haqiqiy foydadan kelib chiqib toʻlaysiz. III chorak yakunlariga koʻra hisoblangan soliq summasi bilan toʻlangan boʻnak toʻlovlari oʻrtasidagi farqni 2020 yilning 20 oktyabridan kechiktirmay byudjetga toʻlash lozim.
2020 yil II choragida umuman foyda olinmagan boʻlsa, III chorak uchun boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etmagan boʻlsangiz, II chorak koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda III chorakdagi boʻnak toʻlovlaringiz nolga teng boʻladi.
| Davr |
II chorak uchun hisoblangan soliq summasidan kelib chiqilganda boʻnak toʻlovlari, mln soʻmda |
Ma’lumotnoma boʻyicha boʻnak toʻlovlari, mln soʻmda |
| Iyul | 45 | 60 |
| Avgust | 45 | 60 |
| Sentyabr | 45 | 60 |
| Chorak uchun jami | 135 | 180 |
Korхona soliq hisobotini 2020 yilning 20 oktyabridan kechiktirmay taqdim etib, foyda soligʻining uzil-kesil summasini yanvar–sentyabr oylarining yakuniga qarab aniqlaydi.
Hisobot boʻyicha soliq summasi toʻlangan boʻnak toʻlovlaridan ortiq boʻlsa, korхona shu muddat ichida farqni qoʻshimcha ravishda toʻlaydi.
![]()