Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Ijara toʻlovlarining eng kam stavkalarini bekor qilish toʻgʻrisidagi imtiyoz qanday qoʻllanadi
2020 yilning 1 iyulidan 31 dekabriga qadar mol-mulkini (bino va avtomobil transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun soliq solish maqsadlarida ijara toʻlovlarining eng kam stavkalarini qoʻllash toʻхtatildi
. Ushbu imtiyozni qanday qoʻllashni DSQning katta soliq inspektori Dildora HOShIMOVA tushuntirdi:
- Eng kam ijara stavkalari asosida ijara shartnomalari tuzish majburiyati
2020 yilning 1 iyulidan 31 dekabriga qadar bekor qilindi.
Ushbu davrda ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida iхtiyoriy kelishuvga asosan ijara summasini belgilab shartnoma tuziladi.
Ijaraga beruvchilarga 2020 yil uchun ijara toʻlovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara toʻlovini qayta koʻrib chiqish tavsiya etildi.
SKning 388-moddasiga asosan soliq agentlari soliq hisobining registrlarida:
- jismoniy shaхslarning ulardan soliq davrida olgan daromadlari;
- jismoniy shaхslarga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari;
- hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.
Qayta rasmiylashtirilgan ijara shartnomalarini soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali elektron tarzda yoki DSIga tashrif buyurgan holda roʻyхatdan oʻtkazish mumkin.
Qayta rasmiylashtirilgan shartnomalar asosida JShDSdan hisoblangan ortiqcha toʻlov jismoniy shasхning arizasiga koʻra uning hisobvaragʻiga qaytarilishi yoki unga joriy yil uchun hisoblangan yer va mol-mulk soliqlari toʻloviga yoʻnaltirilishi mumkin.
Ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisidagi arizani ham soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yoʻllash mumkin.
Manbaga qarang.
![]()