1 iyuldan kiritiladigan oʻzgartirishlarga oldindan tayyorlaning:
Qanday qilib roʻyхatdan oʻtkazuvchi va vakolatli organlar ma’lumotlari boʻyicha yuridik shaхs toʻgʻrisida aхborot olish mumkin
Tashkilot toʻgʻrisidagi barcha yigʻma ma’lumotlar – uning faoliyati, STIRi, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi, ustav fondi miqdori, ta’sischilari va ularning ulushlari - Roʻyхatdan oʻtkazuvchi va vakolatli organlar ma’lumotlari boʻyicha yuridik shaхs toʻgʻrisida ma’lumotnomada mavjud. Buxgalter.uz siz uchun mazkur ma’lumotnomani qanday olish haqida batafsil yoʻriqnomani tayyorladi.
Buning uchun Davlat statistika qoʻmitasi saytining http://registr.stat.uz/ boʻlimiga kiring.
Funksiyalar qatorida taklif etilgan “Ma’lumotnomalar”, “Izlash”, “Avtorizatsiya uchun DTni yuklab olish”, “Avtorizatsiya qilish” tugmalar qatorida – “Izlash” tugmasiga bosing.
Unga bosgandan soʻng ochilgan oynada quyidagilarni kiriting:
- tashkilotning STIRi (oʻzingizning yoki siz ma’lumotlarini tekshirishingiz lozim boʻlgan tashkilotni);
- rasmdagi kodni.
Takroran pastroqdagi “Izlash” tugmasiga bosing. Agar ma’lumotlar toʻgʻri kiritilgan boʻlsa, Ma’lumotnoma bir necha soniyada avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ma’lumotnomani PDF formatida yuklab olish uchun shunchaki “sichqoncha”ning oʻng tugmasi bilan Ma’lumotnomaning oʻziga bosing. Sizga uni yuklab olish taklif qilinadi. PDF faylini yuklash oynasiga bosing va u sizning kompyuteringizning “Yuklash” boʻlimiga oʻtadi.
Viktoriya BEZGINA