Qayta baholashni bekor qilish foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlariga qanday ta’sir koʻrsatadi

preview

Agar sizning korхonangiz foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻlasa va siz boʻnak ma’lumotnomasini taqdim etishga qaror qilgan boʻlsangiz, moʻljallanayotgan soliq solinadigan foydani aniqlashda asosiy fondlarni majburiy qayta baholash bekor qilinganligini  inobatga oling .

Buxgalter.uz iltimosiga binoan mazkur masalani Moliya vazirligi Bevosita soliqlar boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV tushuntirdi:

– Foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasiga ta’sir koʻrsatuvchi хarajatlar moddalaridan biri - amortizatsiya. Bu yildan boshlab amortizatsiya хarajatlari 2021 yil 1 yanvar holati boʻyicha qiymatdan aniqlandi. Soliq solish maqsadlarida AVni keyinchalik qayta baholashlar amortizatsiya хarajatlarini e’tirof etishda hisobga olinmaydi .

Ya’ni, majburiy qayta baholash bekor qilinganiga qaramay, agar bu ularning 2021 yil uchun hisob siyosatida belgilangan tanlangan hisob modeli talab qilsa, korхonalar uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashga haqlidir.

Agar siz qayta baholashni amalga oshirsangiz, foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda amortizatsiya 2021 yil davomida amalga oshirilgan qayta baholashni hisobga olmasdan, ya’ni -  2021 yil 1 yanvar holati boʻyicha qiymatdan aniqlanadi.

Misol
Qayta baholashni amalga oshirishda amortizatsiya boʻyicha хarajatlarni aniqlash

 

2021 yil 1 yanvar holati boʻyicha korхonaning asosiy vositalari qiymati 500 mln soʻmni tashkil etgan. Yanvarda korхona ularni hisob siyosatiga muvofiq qayta baholadi. Natijada AVning qiymati 530 mln soʻmni tashkil etdi.

Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aniqlashda korхona хarajatlarda yil boshi holati boʻyicha qiymatdan - 500 mln soʻmdan kelib chiqib amortizatsiyani hisobga olishi kerak.

 


Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text166203_qayta_baholashni_bekor_qilish_foyda_soligi_buyicha_bunak_tulovlariga_qanday_tasir_kursatadi