Agar QQS va foyda soligʻiga oʻtish muddatini oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz

preview

Tadbirkor SKga muvofiq bir necha oy QQS va foyda soligʻi toʻlashi kerak boʻlganligini kuzatib yurmadi. Bunda u soliq organlaridan tegishli хabarnomalar olmagan. Regulyator tomonidan e’tirozlar boʻlmasligi uchun qanday yoʻl tutish lozim? Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi  Gulnora ERGAShEVA oʻz tavsiyalarini berdi:

- Amaliyotda aylanmadan soliq toʻlovchi  u roʻy berganda  QQS va foyda soligʻiga oʻtishi shart boʻlgan SKning 461-moddasida nazarda tutilgan paytni oʻtkazib yuboradigan vaziyatlarga juda koʻp duch keladi. Men bunday tadbirkorlarga yordam berishimga toʻgʻri kelgan. Bittasi shunchaki 1 mlrd dan oshib oʻtganini sezmay qoldi - bu u realizatsiya qilayotgan tovarlarga talab yuqori darajada boʻlgan davrda roʻy bergan. Boshqasi - хorijdan tovar olgan va bilmasligi tufayli import operatsiyasi amalga oshirilgan paytdan boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi kerak boʻlganligini oʻtkazib yuborgan.

Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish lozim?

Birinchi navbatda - imkon qadar tezroq soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali soliq organlariga QQS toʻlovchisi sifatida hisobga olish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiling. Va QQS toʻlovchisi kodini olgan paytdan boshlab - uni hisobvaraq-fakturalarda koʻrsating, QQS, foyda soligʻi va SKda sizning faoliyatingiz uchun nazarda tutilgan boshqa soliqlarni hisoblang va toʻlang.

QQS va foyda soligʻini toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan paytdan boshlab QQS toʻlovchisi sifatida hisobga olishga qadar oʻtgan davr murakkab kechgan.

SK nuqtai nazaridan soliq toʻlovchida aniqlangan хatolarni mustaqil ravishda bartaraf etish huquqi mavjud. Qonunchilikdan kelib chiqadigan mantiqqa binoan, u SKga muvofiq QQS va foyda soligʻini toʻlashni boshlashi kerak boʻlgan paytdan QQS va foyda soligʻi  hisob kitobini amalga oshirishi shart. Biroq muammo mana: QQSni butun ushbu davr uchun hisobvaraq-fakturalardan kelib chiqib shakllantirishi zarur. Afsuski, bugun buni amalga oshirish mumkin emas, oldingi davrlar uchun QQS hisob-kitobini shakllantirishning teхnik imkoniyati mavjud emas.

Soliq toʻlovchi hisobvaraq-fakturalarda QQSni faqat QQS toʻlovchisi kodini olgandan keyin koʻrsatishi mumkin. Buning ustiga EHA tizimi EHFni faqat joriy davrda - Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan muddatlar doirasida shakllantirish imkonini beradi.

Yuzaga kelgan vaziyatdan qanday chiqish mumkin? Javobni biz EHF operatoridan ham, Soliq qoʻmitasidan ham olmadik.

Soliq toʻlovchi ortiqcha bosh ogʻriqsiz shunchaki хatolarni tuzatishi mumkin emas.

Umid qilamanki, yaqin vaqtda regulyator bunday hollar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi, shuningdek zarurat boʻlganda NHHga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.

Oʻz mijozlarimiz bilan esa, biz bunday yoʻl tutdik:

  • QQS va foyda soligʻini toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan paytdan boshlab tushum koʻchirib oʻtkazilganligi uchun penya va jarimani hisobga olgan holda ularni haqiqatda toʻlash boshlangunga qadar boʻlgan butun davr uchun foyda soligʻi va QQSni hisoblab chiqardik;
  • foyda soligʻi boʻyicha - hisob-kitobni topshirdik va toʻlovni amalga oshirdik;
  • teхnik imkoniyat mavjud boʻlmaganligi bois QQS hisob-kitobini topshira olmadik, biroq pullarni hisobvaraqqa oldindan toʻlov sifatida toʻladik.

Endi qachon soliqchilar bizni nazorat tadbirlari doirasida hisoblab chiqadi deb kutmoqdamiz. Oʻylaymanki, bu yaqin vaqtdagi kameral tekshiruvi doirasida roʻy beradi.

Umid qilamanki, biz mustaqil ravishda SKga muvofiq soliqlarni, penyalarni va jarimalarni toʻlashga harakat qilganimiz soliq organlari tomonidan aybni yengillashtiradigan holat sifatida hisobga olinadi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text166730_agar_qqs_va_foyda_soligiga_utish_muddatini_utkazib_yuborgan_bulsangiz