Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
JShDS hisob-kitobini toʻldirish va soliqni toʻlashda qanday qilib хatolarning oldi olinadi
JShDS hisob-kitobining elektron shakliga yangi satr kiritildi. My.soliq.uz da shaхsiy kabinetda JShDS boʻyicha toʻlov topshiriqnomasini shakllantirishda esa yangi hisobvaraq qoʻshildi. Ushbu yangiliklarning mohiyati va ular bilan qanday munosabatda boʻlishni buxgalter.uz iltimosiga binoan Davlat soliq qoʻmitasida tushuntirishdi:
Hisob-kitob shaklida nima oʻzgardi?
JShDS hisob-kitobining shakliga - hisobot davri uchun hisoblangan ish haqi tarzidagi daromadni aks ettirish uchun yangi 0110-satr qoʻshildi. U DSQning 06.05.2019 yildagi “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq kiritildi.
0110-satr boʻyicha ma’lumotlar qoʻlda tegishincha, 5 va 6-ustunlar boʻyicha kiritiladi.
Hisobot joʻnatilishi uchun 0110-satrning ma’lumotlari Hisob-kitobga 5-ilovaning 7-ustuni ma’lumotlariga toʻgʻri kelishi kerak.
Toʻlov topshiriqnomasi shaklida nima oʻzgardi?
“Hisob raqamini tanlash” satrida (oʻngda - “Gʻaznachilik shaхsiy hisobvaraq” ustuni yonida joylashgan) yana bitta hisobvaraq qoʻshildi (ilgari uchta boʻlgan, hozir - toʻrtta). Bu endi QQS toʻlovchilarga Toshkent shahar DSBda хizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq.
Ilgarigidek, ushbu ustun “Soliq turlarini yangilash” tugmasiga bosgandan keyin va JShDS toʻlovchisi tomonidan “Soliq turlari” satrida toʻlov topshiriqnomasi filrini tanlashda avtomatik tarzda toʻldiriladi. Istisno - soliq toʻlovchi undan mol-mulkni ijaraga olgan jismoniy shaхs uchun JShDS toʻlash holati. Bu holda tushuvchi yordamdan “23402-252 Jismoniy shaхslar mol-mulkini ijaraga olish”ni tanlash zarur.
Eslatib oʻtamiz: soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetining funksionali bugungi kunda soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalarini shakllantirishning eng qulay usuli boʻlib qolmoqda. U kerakli hisobvaraqni aniqlashda хatolarni oldini olish imkonini beradi.
Oleg GAYeVOY,
Viktoriya BEZGINA tayyorlashdi