Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Yangi tizim hozircha sinovdan oʻtkazilayotgan paytda statistika hisobotlarini ikki marta topshiramiz
Davstatqoʻm statistika hisobotlarini topshirish uchun aхborot tizimining yangi versiyasini ishga tushirdi - «Estat 4.0». Sinov davrida regulyator tashkilotlarga hisobotlarni ham «ESTAT 3.0»da, ham «ESTAT 4.0»da topshirish majburiyatini yukladi.
Oldingi versiyadan farqli oʻlaroq, «ESTAT 4.0»ni foydalanuvchining kompyuteriga yuklab olish zarur emas, u web-platformada ishlaydi Hisobotni yangilangan servis orqali joʻnatish uchun:
1. Davstatqoʻmning saytiga - https://my.stat.uz/ru ga oʻtish;
2. ERIdan foydalangan holda shaхsiy kabinetda loginni kiritish;
3. Joʻnatish uchun hisobotni tanlash, toʻldirish, joʻnatish lozim.
Davstatqoʻm statistika hisobotlarining qaysi shakllari «ESTAT 3.0»da va «ESTAT 4.0»da takrorlanishi kerakligini koʻrsatib oʻtdi:
12- narx (sanoat);
12- narx (xarid);
12- narx (transport);
12- narx (aloqa);
12- narx (qurilish).
12-korxona (savdo), 12-korxona (sanoat), 12-korxona (xizmat), 12-moliya va 12-korxona hisobotlari foydalanuvchining iхtiyoriga binoan «ESTAT 3.0» yoki «ESTAT 4.0» orqali taqdim etilishi mumkin.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi