Yangihayot tumani uchun yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralari belgilandi

preview

Toshkent shahar Yangihayot tumani uchun yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralari belgilandi. Bu haqda hokimning 12.02.2021 yildagi 158-son qarorida soʻz boradi.

Ilova qilingan hujjatning skani - afsuski yaхshi sifatga ega emas. Ehtimol, lex.uz da u oʻqish imkonini beradigan tarzda paydo boʻlar (bu yerda).

Qabul qilingan hujjat munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar DSB va Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiga bir oy muddatda:

  • Toshkent shahar hokimining 24.02.2015 yildagi 162-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi boʻyicha taklif kiritish;
  • oʻzlarining idoraviy hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish topshirildi.


Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va u rasman e’lon qilingandan soʻng kuchga kirdi.

E’tibor bering!
Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini kim toʻlashi va uni qanday hisoblash haqida Moliya vazirligi va “Norma” mutaхassislarining tavsiyalarida bu yerda va bu yerda oʻqing.


Norma.uz
materiallari asosida

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text167442_yangihaet_tumani_uchun_er_soligi_tulash_stavkasi_buyicha_zona_chegaralari_belgilandi