Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Nima uchun buxgalter.uz materiallari toʻliq ochilmaydi? Tavsiyalar qayerda joylashgan? Qanday qilib yordam olish mumkin?
Mart oyining boshida buxgalter.uz foydalanuvchilari saytga qanday baho berishini tushunish uchun oʻtkazgan soʻrovnomani oʻz telegram-kanalida e’lon qildi. Ular qulaymi? Hammasi tushunarlimi? Bugun biz sarhisob qilamiz: savollarga javob beramiz va buxgalter.uz saytining ba’zi «yangiliklari» haqida gapirib beramiz.
Avvalambor, buxgalter.uz jamoasi soʻrovnomada qatnashgan va oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashgan barcha ishtirokchilarga oʻz minnatdorchiligini bildiradi! Bu biz uchun juda muhim va qimmatlidir, chunki bu bizning «koʻrinmas nuqtalarni», kamchilik va noqulayliklarni koʻrishimizga yordam beradi ..
Sharhlar shuni koʻrsatadiki, sayt oʻquvchilarga foyda keltiradi.







Gap shundaki, buxgalter.uz sayti, hamma uchun ochiq boʻlgan bepul maslahatlardan tashqari, yaqinda pullik tavsiyalar bazasini joriy qildi. Aynan ular obuna boʻlmagan oddiy foydalanuvchi uchun qisman – taхminan 15%ga ochiladi.
Savol tugʻiladi: pullik tavsiyalar bepul maslahatlardan nimasi bilan farq qiladi?
Birinchi navbatda – chuqur ishlab chiqilgani bilan. Konsultatsiya katta mavzuning qaysidir bir jihatini yoritadi. Tavsiya butun mavzuni qamrab oladi, soliq hisob-kitobi berilgan misollar, toʻldirilgan hujjatlar namunalari, turli holatlar uchun provodkalarni oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, mualliflar tarkibida kichik, ammo muhim farq bor: tavsiyalar aksariyat hollarda (90%i – aniq!) Moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Mehnat vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar boʻlinma rahbarlari bilan hammualiflikda yozilgan. Shuningdek, ularni yozishda eng nufuzli auditorlik va konsalting kompaniyalari rahbarlari bevosita ishtirok etadi. Ushbu qiymatga ega mahsulot bepul boʻlmasligi aniq. Bizning tariflarimiz har qanday byudjetga toʻgʻri keladigan variantni tanlash imkonini beradi.
Aziz foydalanuvchilar, biz bilan boʻlganingiz uchun minnatdormiz! Siz uchun koʻproq yutuqlarga intilamiz va doimo takomillashib boramiz!
Kataloglarimiz qayerda?
Yaqin kelajakda ularni yanada qulay va koʻrinadigan qilishga harakat qilamiz. Hozir ular shunday joylashgan:
1. Sayt boʻyicha yordam
Qanday roʻyхatdan oʻtish kerak? Parolni qanday tiklash yoki oʻzgartirish mumkin? Oʻz maqomini qanday tasdiqlash mumkin? Boshqa savollarga qanday javob olish mumkin?
- Qizil rangli «Yordam?» tugmachasini bosing. U ekranning oʻng tomonida joylashgan va sahifadan chiqsangiz, harakat qilmaydi.
- Ochilgan oynaning yuqori chap burchagida «Mundarija» panelini (uchta qizil chiziq) oching.
2. Tavsiyalar
Afsuski, bu yerda ham qidirish kerak boʻladi...
- Saytning yuqori panelidagi «Tavsiyalar» boʻlimiga kiring. Bu yerda faqat bitta mavzu – ta’til bilan bogʻliq tavsiyalarga havolalar boʻlgan sahifa ochiladi. Albatta, bizda ushbu mavzudan boshqa tavsiyalar ham mavjud. Boʻlim katalogiga kirish uchun quyidagicha yoʻl tutishingiz kerak:
1) «Tavsiyalar» boʻlimida boʻla turib ekranning yuqori chap burchagidagi kulrang «Katalog» tugmachasini toping va uni bosing;
2) Katalog ochilganda mavzuni tanlang. Undagi nashrlar ochiladi.
Shuni eslatib oʻtamizki, aksariyat tavsiyalarning toʻliq matni bilan mehmonlar tanisha olmaydilar. Buxgalter PRO servisining obunachisi boʻlish kerak. Bu haqda batafsil bu yerda oʻqing.
Ehtimol, sayt boʻyicha navigatsiyaning amaldagi varianti hamma uchun qulay emasdir. Biz navigatsiyani ham, funksionalni ham takomillashtiramiz.
Umid qilamizki, tushuntirishlar foydali boʻldi! Yana fikr bildirsangiz, minnatdor boʻlamiz. Ayniqsa, teхnik jihatga oid fikrlar yoki savollar uchun.
Ehtirom ila,
buxgalter.uz jamoasi.