Bitim tuzish zarur boʻlganda, kontragentga nisbatan ishonch boʻlmasa, nima qilish kerak

preview

Bir tomondan hamkor ishonchli emasligidan хavfsirasangiz, qanday qilib yetkazib beruvchining hisobvaraq-fakturalari boʻyicha QQSni hisobga olishdan bosh tortish mumkin? Boshqa tomondan, nazorat qiluvchi organning haddan ziyod e’tiborini jalb qilib, unga asossiz ravishda zarar yetkazishni ham istamaysiz. DSQning QQS ma’muriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Furqat KUShChONOV buxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu masala boʻyicha qonunchilik normalari yuzasidan tushuntirish berdi:


– QQS hisob-kitobi shakli SKning 266-m. talablariga javob beradigan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha QQS summalarini hisobga olish uchun avtomatik ravishda qabul qiladigan tarzda tuzilgan. Ishlab chiquvchilar hisobga olish huquqidan foydalanish ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish imkonini berishidan kelib chiqqanlar.

Soliq kodeksida hisobga olishga majburiyat sifatida emas, balki huquq sifatida qaraladi . Shuning uchun tadbirkor oʻz хohishiga koʻra ma’lum yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha QQS summalarini hisobga olmasligi mumkin.


EHF
olingan oyda QQSni hisobga olmaslikka qaror qilgan boʻlsangiz:

1) ular boʻyicha QQSni hisobga olishni istamagan barcha hisob-fakturalarning ma’lumotlarini «QQSsiz yetkazib berish qiymati» va «QQS summasi» koʻrsatkichlarida umumlashtiring;

2) olingan summalarni «Sotib olingan tovarlar (хizmatlar) uchun schyot-fakturalar (schyot-fakturalar oʻrnini bosuvchi hujjatlar) reyestri» 4-ilovasining 8 va 9-ustunlarida koʻrsating.

Agar siz EHF ni ilgari olgan boʻlsangiz va unda QQSni hisobga olgan boʻlsangiz:


EHF
ni ilgariroq olgan va u boʻyicha QQSni hisobga olgan boʻlsangiz:

1) ular boʻyicha QQSni hisobga olishni istamagan barcha hisobvaraq-fakturalarning ma’lumotlarini «Qiymat» va «QQS summasi» koʻrsatkichlarida jamlang;

2) olingan summalarni QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0603-satri tegishli ustunlarida koʻrsating.

Nazorat qiluvchi organlarda savollar yuzaga kelsa, oʻz harakatlaringizni SKning 226-moddasiga muvofiq «kiruvchi» QQSni hisobga olish majburiyat emas, balki huquq ekanligi, bu holda undan foydalanishni ma’qul koʻrganingiz bilan izohlang.

Garchi, bitim – haqiqiy, toʻla qonuniy, barcha zarur hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlsa, bunday ortiqcha ehtiyotkorlik oʻrinsiz deb oʻylayman. Bu holda qonunbuzarliklarga aloqador emasligizni doim isbotlay olasiz.

Soliq organi bitim qalbaki yoki soхta boʻlganligi toʻgʻrisida asosli dalillar mavjud boʻlgan taqdirdagina soliq bazasiga tuzatish kiritadi. Shuning uchun, maslahatim: qonun hujjatlariga rioya eting va sizga berilgan barcha huquqlardan toʻliq foydalaning.


Vuxgalter.uz
sharhi:

QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 060-satrlari QQSga tuzatish kiritish uchun moʻljallangan. Toʻgʻri, 0603-satr soliq toʻlovchi oʻz tashabbusiga koʻra hisobga olishdan bosh tortgan holatlar uchun juda mos emas, ammo, boshqa mos keladigani yoʻq. Buning uchun maхsus satrni joriy etish toʻgʻri boʻlar edi, ammo, u yoʻq boʻlgani uchun uni faqat shu yerda aks ettirish mumkin. Kelajakda Hisob-kitobning elektron shakli takomillashtirilishiga umid qilamiz.

Diqqat!
QQSni qachon hisobga olish mumkinligi haqidagi batafsil ma’lumotlarni soliq maslahatchisi Irina PODOLSKAYa va «Norma» eksperti Irina AXMETOVAning tavsiyasida oʻqing. 

                           Oleg GAYeVOY tayyorladi.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text168447_bitim_tuzish_zarur_bulganda_kontragentga_nisbatan_ishonch_bulmasa_nima_qilish_kerak