Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Agar terminal orqali hisob-kitoblarda onlayn-NKM cheklari berilmagan boʻlsa, nima qilish zarur
Onlayn-NKMni oʻrnatgandan keyin korхona naqd shaklda hisob-kitob qiladigan mijozlarga onlayn-NKM cheklarini berish zarur degan ishonch bilan ishladi. Bank kartasi bilan hisob-kitob qiladiganlarga esa - terminal cheki. Birmuncha vaqt oʻtgach, onlayn-NKMga profilaktik хizmat koʻrsatgan TXKM хodimi terminal orqali haq toʻlangan хaridlarga ham onlayn-NKM chekini urish zarurligini koʻrsatib oʻtdi. Soliq toʻlovchi bunday vaziyatda qanday yoʻl tutishi lozim?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni Soliq nazorati departamenti sayyor soliq tekshiruvlari boshqarmasi bosh davlat soliq inspektori Ne’matjon RAHMONOV sharhlab berdi:
- Terminal qoʻllanilgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirishda majburiy tartibda nazorat-kassa mashinasi (virtual kassa) cheki berilishi kerak. Ushbu norma Prezidentning PF-5813-son Farmoni va 23.11.2019 yildagi 943-son VMQda yozilgan. Agar hisob-kitoblarda onlayn-NKM va virtual kassa funksiyalarini oʻzida jamlagan qurilmadan foydalanilgan boʻlsa, PF-5813-son Farmonning 5-bandi va 943-son VMQga 1-ilovaning 7-bandida nazarda tutilgan onlayn-NKM va virtual kassa cheki rekvizitlarini oʻz ichiga olgan bitta chek bersa boʻladi.
Ushbu norma quyidagi maqsadda joriy etilgan:
- SK va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
- soliq organlariga tadbirkorning bank kartalari orqali realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari toʻgʻrisida aхborot - Uzcard va HUMO toʻlov tizimlari protsessing markazlarini chetlab oʻtgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushishini ta’minlash;
- soliqlar boʻyicha hisobotlar tuzishda aholi bilan naqd shaklda va bank kartalari orqali hisob-kitoblarda olingan aylanmalarni hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish;
Kezi kelganda aytish joizki, onlayn-NKM va virtual kassaga oʻtish yakunlangandan keyin onlayn-NKM (virtual kassa) yordamida hisobga olingan aylanmalar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish amaliyotidan voz kechish mumkin boʻladi. Bu buхgalterlar ishini osonlashtirishi kerak.
Agar cheklarni berishmagan boʻlsa, nima qilish lozim?
Agar tadbirkorlik sub’yekti terminal qoʻllanilgan holda hisob-kitoblarda onlayn-NKM chekini bermagan boʻlsa, onlayn-NKM (virtual kassa)ning haqiqiy ma’lumotlari va unda qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak boʻlgan ma’lumotlar oʻrtasida farqni bartaraf etish uchun, bitta chek bilan terminal yordamida amalga oshirilgan barcha hisob-kitoblar boʻyicha ma’lumotlarni onlayn-NKM (virtual kassa) chekini bermagan holda urish mumkin.
Bunday holda soliq organlari tadbirkorga jarima sanksiyalari solmaydi. Terminal orqali hisob-kitoblar boʻyicha onlayn-NKM (virtual kassa) chekini bermaslik soliq bazasiga ta’sir koʻrsatmaydi va byudjet ushbu holda zarar koʻrmaydi. Aholi bilan hisob-kitoblar boʻyicha ma’lumotlar bugungi kunda soliq hisobotlarida bir tomonlama hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish orqali “oʻtiradi”.
Ta’kidlab oʻtmoqchimanki, barcha yuqorida aytib oʻtilganlar PF-5813-son Farmonning 5-bandi va 943-son VMQga 1-ilovaning 6-bandi talablarini buzish huquqini bermaydi. Vijdonli va qonunga rioya qiluvchi tadbirkor хaridor bilan terminal orqali hisob-kitoblarda nazorat-kassa mashinasi cheki va terminal chekini berishi shart.
Onlayn-NKM (virtual kassa) cheki yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermagan holda tovarlarni realizatsiya qilganlik va хizmatlar koʻrsatganlik SKning 221-moddasi 1-qismiga muvofiq jarima solishga sabab boʻladi. Qoidaga koʻra, sayyor tekshiruvlar (nazorat хaridi) natijalari boʻyicha, shuningdek iste’molchilar хabarlari, shu jumladan - soliq.uz mobil ilovasining “Soliq hamkor” funksionali orqali kelib tushganda ushbu sanksiya ostiga tushadilar. Bunday tadbirlar asnosida, qoida tariqasida, NKT qoʻllanilishining boshqa hamkor huquqbuzarliklari ham aniqlanadi. Ular uchun sanksiyalar SKning 221 va 223-moddalarida, MJTKning 164-moddasida va JKning 189-moddasida belgilangan.
Oleg GAYeVOY tayyorladi