DSQ jismoniy shaхslarga mol-mulk va yer soliqlarini toʻlash muddatlari haqida eslatib oʻtdi

preview

15 aprelga qadar jismoniy shaхslar 2021 yil birinchi yarim yilligi uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashlari lozim . Buni qanday amalga oshirish mumkin?


Soliqni teng qismlarda - 15 aprel va 15 oktyabrga qadar yoki yil uchun yagona toʻlov bilan toʻlash mumkin. Bugungi kunda toʻlov usullari bir nechta:

1. Har qanday bank kassasida yoki pochtada. Oldindan summani bilish va kvitansiyani toʻgʻri toʻldirish zarur. Kvitansiyada ob’yektning kadastr raqami va manzili, egasining STIRi va F.I.O., davr, summa koʻrsatiladi.

2. Soliq organlarining elektron davlat хizmatlari portali orqali. Sizga ERI kaliti talab qilinadi.

3. SOLIQ, Payme, Click yoki Upay toʻlov mobil ilovalar orqali. Toʻlov bank kartasidan hisobdan chiqariladi. Soliq bazasi bilan integratsiyalangan ilovalar STIR va ob’yekt manzili koʻrsatilgandan keyin foydalanuvchilarga qoldiq yoki oʻtgan yildan buyon qarz summasi, joriy yil uchun hisoblash summasini koʻrsatadi.

DSQ fuqarolarning qaysi toifalari mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlash boʻyicha imtiyozlarga ega ekanligini eslatib oʻtdi. Bunda barcha imtiyozga ega boʻlganlar soliq organlariga soliq imtiyozini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etishlari kerak.

 

Mol-mulk soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash mol mulk soligʻi, soliq hisob kitobi, mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari Mol-mulk soligʻi: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi mulklar soliqqa tortiladi va imtiyozlar qanday qoʻllaniladi. Soliq hisoboti, toʻlov muddatlari va kamchiliklar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text168807_dsq_jismoniy_shahslarga_mol-mulk_va_er_soliqlarini_tulash_muddatlari_haqida_eslatib_utdi