“Salbiy” qoʻshimcha EHF taqdim etish mumkin emasligi muammoni notoʻgʻri usulda hal qilishga majbur qiladi

preview

Buхgalter ruhiyatining qat’iyligini sinash davom etmoqda... EHF tizimida endi “salbiy” bilan nafaqat EHFni, balki qoʻshimcha tuzatish kiritiladigan EHFni ham joʻnatish imkoniyati mavjud emas.

DSQ ushbu yangilikni hozircha hech qanday tarzda yoritmadi. Bechora buхgalter qanday qilib endi ortiqcha soliq toʻlashni oldini olishi mumkinligini, buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA tushuntirishga harakat qildi:


- Hozir vaziyat shundayki, hech qanday hisobvaraq-faktura boʻyicha, hatto qoʻshimcha hisobvaraq-fakturada “salbiy” boʻlishi mumkin emas. Bu notoʻgʻri. Doimiy ravishda qaytarish bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar yakuniy summalarga tuzatish kiritish uchun instrumentlarsiz qolishdi.

Agar, misol uchun, ushbu muammo bugungi hisobvaraq-fakturaga kechagi kun uchun “salbiy”ni qoʻshish bilan hal qilinsa, yakuniy summani muvofiq keltirish mumkin. Biroq bu - muammoning notoʻgʻri yechimi! Buхgalterda “salbiy” belgisi bilan qoʻshimcha hisobvaraq-faktura shakllantirish imkoniyati boʻlishi kerak.

Bugungi kunda buхgalterlar, auditorlar va soliq maslahatchilarining butun hamjamiyati DSQdan quyidagilar yuzasidan sharhlar kutadi:

1. Bunday qarorning sabablari qanday?

2. Yana qanday oʻzgartirishlarni kutish kerak?

3. Qanday qilib buхgalter summalarga tuzatish kiritish zarurati bilan bogʻliq joriy operatsion vazifalarni hal qilishi lozim?

EHF tizimi ishidagi har qanday oʻzgartirishlar, shubhasiz, avval - batafsil yoʻriqnomalar, tushuntirishlar va ishga tushirishda sinov davri bilan e’lon qilinishi kerak.

Buxgalter.uz oʻz tomonidan, “salbiy” bilan standart hisobvaraq-fakturani shakllantirish  imkoniyatining yopilishi - toʻgʻri qaror, deb hisoblaydi, biroq baribir regulyatorning qandaydir oddiy tushuntirishlari boʻlishi zarur. Biroq bir sutka oʻtgach, ilgari berilgan savollarga “salbiy” qoʻshimcha EHFni shakllantirish imkoniyati yoʻqligi bilan bogʻliq vaziyat qoʻshildi. DSQdan esa hanuz sharhlar mavjud emas.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text168984_salbiy_qushimcha_ehf_taqdim_etish_mumkin_emasligi_muammoni_notugri_usulda_hal_qilishga_majbur_qiladi