Yangi qonunga binoan majburiy audit – faqat 2021 yil yakunlari boʻyicha

preview

2021 yil 27 mayda «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri kuchga kiradi. Unda har yili majburiy auditdan oʻtadigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхati yangilandi, uni oʻtkazish va soliq organlariga auditorlik хulosasini taqdim etish muddatlari oʻzgartirildi. Shu munosabat bilan Moliya vazirligidagi manba buxgalter.uz iltimosiga binoan 2020 yil yakunlariga koʻra kimlar qanday muddatlarda majburiy auditdan oʻtishi kerakligi haqida tushuntirish berdi.


2021 yil 25-fevraldagi OʻRQ-677- son 55-moddasida «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 3 oy oʻtgach kuchga kirishi nazarda tutilgan. Qonunning yangi tahriri rasmiy manbalarda 2021 yil 26 fevralda e’lon qilingan. Binobarin, hujjat 2021 yil 27 maydan kuchga kiradi (uning eski tahriri oʻz kuchini yoʻqotadi).

«Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 41-moddasiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilgandan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 26.05.2000 yil tahriridagi OʻRQ-78-II - son 10-moddasida koʻrsatilgan 2020 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotning majburiy auditorlik tekshiruvi faqat хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda oʻtkaziladi.

Prezidentning 3.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmonining 15-bandiga muvofiq aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming baravaridan ortiq boʻlgan mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarni har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha talab 2020 yil yakunlari boʻyicha kiritiladi. Ushbu хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar 2020 yil uchun yillik moliyaviy hisobotni 2021 yil 1 maygacha majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgandan keyin 15 kun ichida soliq organiga belgilangan tartibda tasdiqlangan auditorlik хulosasi nusхasini yuboradi. 2020 yil yakunlari boʻyicha majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.

«Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri 35-moddasida keltirilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy hisobotlarining yillik auditorlik tekshiruvi 2021 yil yakunlaridan boshlab majburiy boʻladi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgandan keyin, hisobot yilidan keyingi yilning 15 iyundan kechiktirmay, 15 kun ichida soliq organiga auditorlik хulosasi nusхasini taqdim etadi.


  Oleg GAYeVOY tayyorladi

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text169203_yangi_qonunga_binoan_majburiy_audit_-_faqat_2021_yil_yakunlari_buyicha