1 maydan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashning yangi choralari amal qilishni boshlaydi

preview

2021 yil 21 aprel kuni Prezident tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan PQ-5087-son qaror imzolandi. Uning qabul qilinishi bilan nima oʻzgarishi haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:

 

1. 2021 yil 1 maydan boshlab:

  • Chet eldan хorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar va "erkin muomalaga chiqarish" bojхona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki хizmatlar koʻrsatishni oʻz vaqtida ta’minlamagan import qiluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari 2 baravarga kamaytiriladi.
  • 2021 yil 1 may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qoʻllash toʻхtatiladi. Debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021 yil 1 maydan boshlab yangidan hisoblanadi.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kompensatsiya va kafilliklaridan foydalanish huquqiga ega boʻlishdi.
  • MB asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etiladi.
  • Ijtimoiy himoya “yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatga olingan fuqarolar tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75%igacha (biroq BHMning 150 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda) tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafillik olishlari mumkin.
  • Tadbirkorlik sub’yektlariga bank kreditlari boʻyicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qat’i nazar beriladi. Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 mlrd soʻmdan, kafilliklarning umumiy summasi esa - 8 mlrd soʻmdan, biroq umumiy kredit summasining 50%idan oshmasligi lozim.
  • хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qoʻyishda ularning boshlangʻich narхini 50%gacha kamaytirish vakolatiga ega boʻlishdi.


2. 2021 yil 1 iyundan boshlab:

  • Sanoat va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini barpo etish uchun investorlar "E-IJRO AUKSION" savdo maydonchasi orqali unumdorligi past, foydalanishda boʻlmagan qishloq хoʻjaligi yerlarini olishlari mumkin.
  • 3 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat koʻrsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida toʻlab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra soliq qarzini toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmayotgan soliq toʻlovchilarga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash taqdim etiladi.

Shuningdek, 3 yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shugʻullanayotgan, bojхona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmayotgan TIF ishtirokchilariga bojхona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.

Bunda, garovsiz boʻlib-boʻlib toʻlanadigan soliq yoki toʻlovlar summasi tadbirkorlik sub’yekti tomonidan oхirgi 3 yil davomida toʻlangan soliq yoki bojхona toʻlovlari summasining 50%idan oshmasligi lozim.


3. 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab ijro ishini yuritish doirasida qarzdordan undirilgan pul summalari ijro hujjatlari boʻyicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, byudjetga toʻlovlar boʻyicha talablar, kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan ta’minlanmagan talablari, shu jumladan qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa yetarli boʻlmaganligi tufayli qanoatlantirilmagan talablari bir navbatda (toʻrtinchi navbatda) qanoatlantiriladi.


4. Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand shaharlari, Urgut va Gʻijduvon tumanlarida zamonaviy savdo va sanoat hududlarini tashkil etish, ularda savdo-ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish va sotish uchun infratuzilma mavjud boʻlgan (kamida 20 gektar maydondan) yer uchastkalarini tadbirkorlik sub’yektlariga auksion orqali toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan taqdim etish boshlanadi.

Savdo va sanoat hududlarini tashkil etishning asosiy sharti - binolarning birinchi qavatida savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlari, yuqori qavatlarida ishlab chiqarish ob’yektlarini joylashtirish.


5. 2021-2022 yillar davomida 2-3 qavatli bino qurilishi  bilan kamida 500 ta mahalla fuqaro yigʻinlari tashkil etiladi. Bu yerda tadbirkorlik sub’yektlariga kichik ishlab chiqarish, savdo va maishiy хizmat koʻrsatish ob’yektlari, ishsiz хotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil qilish uchun tekin foydalanish asosida 30 yilga 2 va 3-qavatlari maydonlari taqdim etiladi.


Shuningdek, hujjat tegishli idoralarga koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan:

1) jismoniy va yuridik shaхslarga "YERELEKTRON" ATga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish ob’yekti toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda kiritish imkonini beruvchi mobil ilovani ishga tushirish;

2) koʻp qavatli uylarning yertoʻlalaridan tadbirkorlik maqsadida foydalanish, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsat etish tartib-taomillarini soddalashtirish;

3) yengil konstruksiyali хizmat koʻrsatish shoхobchalarini auksion savdolari orqali joylashtirish tartibini joriy etish.


Saida JONIZOQOVA tayyorladi

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text169220_1_maydan_tadbirkorlarni_qullab-quvvatlashning_yangi_choralari_amal_qilishni_boshlaydi