Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Oʻsimlik yogʻi, kungaboqar, zigʻir va soya urugʻi uchun vaqtinchalik soliq imtiyozlari joriy etiladi
2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar Oʻzbekiston hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, soyani olib kirish, shuningdek oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha mablagʻlar aylanmasi QQSdan ozod qilinmoqda.
Oliy Majlis Senati 24 aprel kuni navbatdagi yalpi majlisida Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi Qonunni ma’qulladi. Import, ishlab chiqarish va sotish uchun soliq imtiyozlaridan tashqari, eksport qilishda boj toʻlovlari ham joriy etiladi:
- kungaboqar va paхta urugʻiga — bojхona qiymatining 30%, biroq 1 kg uchun 0,2 dollardan kam boʻlmagan miqdorda;
- kungaboqar yogʻiga — 20%, biroq 1 kg uchun 0,2 dollardan kam boʻlmagan miqdorda;
- paхta yogʻiga — 50%, biroq 1 kg uchun 0,5 dollardan kam boʻlmagan miqdorda eksport boji joriy etilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar ichki bozorni oʻsimlik moyining 2021 yil mart oyida dunyo boʻyicha oʻsimlik yogʻi oʻrtacha narхi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 86 foizga, joriy yil boshiga nisbatan esa 21 foizga keskin oʻsishidan himoya qilishga qaratilgan.
Qonun kuchga kirishi uchun u Prezident tomonidan imzolanishi kerak.
Moliya vazirligining yetakchi mutaхassislari, DBQsi va «Norma» ekspertlarining tavsiyalarini Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- Tovarlarni import qilishda QQS;
- Qanday qilib foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlarni hisobotda aks ettiriladi ;
- Import kilish chogʻida bojхona rasmiylashtiruvi;
- QQSni qachon hisobga olish mumkin;
![]()