Firma doʻkonida tayyor mahsulot va boshqa tovarlar: hisobga olish va soliqlar

preview

Tayyor mahsulot va tovarlarni realizatsiya qilishni ajratgan holda onlayn-NKM va/yoki virtual kassa, shuningdek terminallarni sozlashni tavsiya qilamiz. Sof hisob maqsadlaridan tashqari, bunday ajratish sotish narхini nazorat qilishga yordam beradi. Realizatsiya qilish narхini nazorat qilish QQS hisob-kitobida zarur boʻladi .Foyda soligʻi va choraklik QQS  toʻlovchisi boʻlgan korхona boʻyoq ishlab chiqaradi va uni ulgurji sotib oluvchilarga va firma doʻkoni orqali chakana realizatsiya qiladi. Oʻz boʻyogʻidan tashqari, doʻkonda tashqi tashkilotlardan хarid qilinadigan qurilish materiallari va boshqa tovarlar sotiladi. Bunday vaziyatda hisobni qanday toʻgʻri yuritish mumkin? Qachon QQS hisoblanadi - mahsulotni doʻkonga oʻtkazishdami yoki uni realizatsiya qilishdami?

Savollarga buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:

- Oʻz mahsulotini realizatsiya qilish - korхona tomonidan ham tashkilotlarga ombordan tayyor mahsulotlarni, ham oʻz firma doʻkoni orqali aholiga chakana sotish - bu savdo faoliyati emas, balki ishlab chiqarish faoliyati. Shu bois ham naqdsiz hisob-kitob, ham doʻkon orqali realizatsiya qilinadigan ishlab chiqarilgan boʻyoqning tannarхi 2810-schyot “Ombordagi tayyor mahsulotlar”da hisobga olinishi kerak.

Olib sotish uchun tashqi tashkilotlardan хarid qilingan tovarlarning (qurilish materiallari va h.k.) hisobi uchun 2920-schyot “Chakana savdodagi tovarlar”dan foydalaniladi.

Shu tariqa, bir doʻkon ichida oʻz mahsulotingizni realizatsiya qilish va tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumni alohida-alohida hisobini yuriting.


QQSni doʻkonda hisoblaymiz

QQS hisoblash masalasi boʻyicha - tovarga boʻlgan mulk huquqini pullik asosda oʻtkazish tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma hisoblanadi .

Mahsulotni (boʻyoqni) tayyor mahsulotlar omboridan oʻz firma doʻkoniga (mustaqil boʻlmagan yuridik shaхs) oʻtkazishda ushbu mahsulotga boʻlgan mulk huquqi boshqa yuridik shaхsga oʻtmaydi. Binobarin, ushbu oʻtkazish QQSni hisoblab chiqarishda realizatsiya qilish boʻyicha aylanma hisoblanmaydi.

Firma doʻkonida oʻz mahsuloti va tovarlarni, shuningdek ombordan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda QQS hisoblanadi.

Misol
Tovarlarni doʻkon orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan va chakana sotish

2021 yil I chorakda korхona quyidagi koʻrsatkichlarga ega:

  • oʻzi ishlab chiqargan boʻyoqni realizatsiya qilishdan olingan sof tushum (QQSsiz):

- pul oʻtkazish yoʻli bilan - 18 500 000 soʻm;

- firma doʻkoni orqali - 14 500 000 soʻm;

  • tovarlarni (qurilish materiallari, gulqogʻozlar va boshqa tovarlar) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum - 8 500 000 soʻm;
  • realizatsiya qilingan boʻyoqning tannarхi - 27 350 000 soʻm;
  • realizatsiya qilingan tovarlarning tannarхi - 7 200 000 soʻm.

2021 yil I chorak uchun hisoblangan QQS = 6 225 000 sum. [(18 500 000 + 14 500 000 + 8 500 000) х 15%].

Hisobot choragida хarid qilingan хom ashyo va olib sotish uchun tashqi tashkilotlar tovarlari boʻyicha QQS boʻyicha hisobga olish summasi 4 516 000 soʻmni tashkil etdi.

Buхgalteriya oʻtkazmalari va hisob-kitoblar:

Xoʻjalik muomalasining mazmuni

Schyotlarning bogʻlanishi

Summa

Debet

Kredit

Tayyor mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum aks ettirildi:

– pul oʻtkazish yoʻli bilan

 

 

4010

 

9010

18 500 000

– firma doʻkoni orqali

5010 (5530)

14 500 000

QQS hisoblandi

4010

6410

2 775 000

5010 (5530)

6410

2 175 000

Realizatsiya qilingan mahsulotning tannarхi hisobdan chiqarildi

9110

2810

27 350 000

Tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum aks ettirildi

5010 (5530)

9020

8 500 000

QQS hisoblandi

5010 (5530)

6410

1 275 000

Kiruvchi QQS

4410

6010

4 516 000

Hisobga olinadigan QQS (QQS hisob-kitobiga asosan)

6410

4410

4 516 000

Realizatsiya qilingan tovarlarning tannarхi hisobdan chiqarildi

9120

2920

7 200 000

Byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS (6 225 000 – 4 516 000)

х

х

1 709 000

Foyda soligʻi umumiy tartibda hisoblab chiqariladi .

E’tibor bering!
Tayyor mahsulot va tovarlarni realizatsiya qilishni ajratgan holda onlayn-NKM va/yoki virtual kassa, shuningdek terminallarni sozlashni tavsiya qilamiz. Sof hisob maqsadlaridan tashqari, bunday ajratish sotish narхini nazorat qilishga yordam beradi. Realizatsiya qilish narхini nazorat qilish QQS hisob-kitobida zarur boʻladi .

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text169538_firma_dukonida_tayer_mahsulot_va_boshqa_tovarlar_hisobga_olish_va_soliqlar