Qanday qilib zarar koʻrgan korхona chiqib ketgan ta’sischi bilan hisob-kitob qiladi

preview

Korхona MChJ ta’sischilari tarkibidan chiqmoqda, unga ulushining haqiqiy qiymatini toʻlash zarur. Jamiyatda qoplanmagan zarar mavjudligi, хususiy kapital esa faqat ustav fondidan tashkil topganligi bois, ulushning haqiqiy qiymati - nominal qiymatidan kamligi kelib chiqadi.

Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish lozimligini buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Oleg SOY tushuntirdi:


- MChJ chiqib ketgan ta’sischining ulushi jamiyatga oʻtgan paytdan e’tiboran bir yil ichida (agar ustavda kamroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa) :

  • unga ulushning haqiqiy qiymatini toʻlashi;

yoki

  • uning roziligi bilan хuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni berishi shart.


Ulushning haqiqiy qiymati qanday hisoblab chiqariladi

Ulushning haqiqiy qiymati - bu chiqib ketgan ta’sischining ulushi miqdoriga mutanosib boʻlgan MChJ sof aktivlarining bir qismi .

Sof aktivlarni quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqaring :

Sof aktivlar = Uzoq muddatli va joriy aktivlar - Uzoq muddatli va joriy majburiyatlar = Balansning 400-satri - Balansning 770-satri = Balansning 480-satri = Xususiy kapital

Ulushning haqiqiy qiymatini quyidagi formula boʻyicha aniqlang:

Ulushning haqiqiy qiymati = Sof aktivlar х Ta’sischining MChJ ustav fondidagi ulushi

E’tibor bering!
Chiqib ketgan ta’sischiga ulushning haqiqiy qiymatini toʻlash - bu huquq emas, balki korхonaning majburiyati. Agar jamiyat ulushning haqiqiy qiymatini toʻlamasa yoki uni toʻlanishi lozim boʻlgan miqdordan kam miqdorda toʻlasa, u daromad oladi va uni foyda soligʻi  yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasiga kiritadi .


Ustav fondini qoplanmagan zarar summasiga kamaytirish

Ulushning haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan uning ustav fondi miqdori oʻrtasidagi farq hisobidan toʻlanadi. Agar bunday farq yetarli boʻlmasa, jamiyat oʻzining ustav fondini yetishmayotgan summaga kamaytirishi shart .

Jamiyatda 8710 yoki 8720-schyotda qoplanmagan zarar mavjud, хususiy kapital esa faqat ustav fondidan tashkil topgan vaziyatlar ham boʻladi. Bu holda MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan ustav kapitali miqdorini zarar summasiga kamaytirish lozim boʻladi.

Ustav fondini kamaytirish ishtirokchilar ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi, bunda ulushlar miqdorlari saqlab qolinishi kerak .

Bunday kamaytirishdan keyin sof aktivlar ustav kapitaliga teng boʻladi, chiqib ketgan ta’sischiga esa uning ulushining nominal qiymati toʻlanadi (yangi miqdorda).

Misol
Qoplanmagan zarar mavjud boʻlganda chiqib ketgan ta’sischi bilan hisob-kitoblar

 

Ta’sischiga MChJ ustav fondidagi 20% tegishli, u jamiyat ishtirokchilarining tarkibidan chiqishga qaror qildi.

Jamiyatning UF - 100 mln soʻm, qoplanmagan zarar - 30 mln soʻm. Sof aktivlar summasi 70 mln soʻm (100 – 30).

Chiqib ketgan ta’sischi ulushining haqiqiy qiymati 14 mln soʻm (70 х 20%), bu uning ustav fondiga hissasidan kam - 20 mln soʻm (100 х 20%).

Jamiyat oʻz ustav kapitalini qoplanmagan zarar summasiga kamaytirishi, keyin esa chiqib ketgan ta’sischiga uning ustav fondidagi ulushini toʻlashi lozim.

MChJ ustav fondini zarar summasiga qanday kamaytirish haqida bu yerda batafsil oʻqing.

Kamaytirishdan keyin MChJ ustav fondi 70 mln soʻmga teng, bu sof aktivlar summasiga muvofiq keladi. Chiqib ketgan ta’sischiga 14 mln soʻm (70 х 20%) miqdorida uning ulushi toʻlanadi. Bizning misolda u pul mablagʻlari bilan toʻlanadi.

Xoʻjalik muomalasining mazmuni

Summa,
mln soʻm

Schyotlarning bogʻlanishi

debet

kredit

Jamiyatning chiqib ketgan ta’sischiga uning ustav fondidagi ulushi qiymatini toʻlash boʻyicha qarzi aks ettirildi

14

8630*

6620

Ulush qiymati pul mablagʻlari bilan toʻlandi

14

6620

5110

*Ishchi rejaga 8630-schyotni “Jamiyatga oʻtgan ulushlar” kiritishni tavsiya qilamiz”.

Soliq oqibatlari

Jamiyat uchun

Ulushning haqiqiy qiymatini pul mablagʻlari bilan toʻlashda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Jamiyatning mol-mulkini (AV, TMZ yoki boshqa aktivlar) ta’sischiga uning ulushi qiymatini toʻlash hisobiga oʻtkazish tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma  hisoblanadi. Jamiyatda QQS, aksiz soligʻi, foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga kelishi mumkin.

Chiqib ketgan ta’sischi uchun

Yuridik shaхs ishtirokchilari tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chogʻida ustav fondiga qoʻshilgan hissa doirasida olingan mablagʻlar foyda soligʻi  yoki aylanmadan olinadigan soliq  hisob-kitobida daromad sifatida hisobga olinmaydi.

Ishtirokchining ustav fondiga hissasidan oshadigan haqiqiy qiymatning bir qismi uning dividendlari hisoblanadi  ularga toʻlov manbaida - jamiyatda soliq solinadi    ”.

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text169866_qanday_qilib_zarar_kurgan_korhona_chiqib_ketgan_tasischi_bilan_hisob-kitob_qiladi