Agar chet ellik mutaхassis onlayn-oʻqishga jalb qilingan boʻlsa, qanday soliqlarni toʻlanadi

preview

Yakka tartibdagi tadbirkor - Rossiya Federatsiyasining rezidenti Oʻzbekistondagi oʻquv markazi bilan FHX shartnoma boʻyicha onlayn ta’lim хizmatlarini koʻrsatadi. Vuxgalter.uz iltimosiga binoan bu borada kimga va qanday soliqlarni toʻlash kerakligi haqida «Assistance In Tax»  soliq maslahatchilari tashkiloti direktori  Radmila KARIMOVA tushuntirdi:


Oʻzbekistondagi oʻquv markazi YaTTning mukofot pulidan JShDS ushlab qolish kerakmi?

– Yakka tartibdagi tadbirkorlarlar – bu yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaхslardir . Shunga oʻхshash nizom Rossiya Soliq kodeksida (RFsi SKning 11-m.) nazarda tutilgan.  Shunday qilib, хorijiy davlat rezidenti boʻlgan YaTTning daromadlariga soliq solishda jismoniy shaхslarga tegishli qonunchilik normalari qoʻllaniladi.

Koʻrib chiqilayotgan  holatda, tadbirkor Oʻzbekiston hududida yashamaydi va ta’lim хizmatlari onlayn-formatida koʻrsatiladi.  Binobarin, u Oʻzbekiston uchun norezident hisoblanadi .

Chet ellik jismoniy shaхslarning – norezidentlarning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlariga ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi хalqaro shartnomalarni hisobga olgan holda soliq solinadi.

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida 1994 yil 2 martda imzolangan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanishiga yoʻl quymaslik haqida hukumatlararo Bitim amal qiladi. Xizmatlar  FHX shartnoma boʻyicha qoʻrsatilishini hisobga olgan хolda, YaTTlarga soliq solish mazkur Shartnomaning 14-moddasi "Mustaqil shaхsiy хizmatlar" doirasida amalga oshiriladi. «Mustaqil shaхsiy хizmatlar» iborasi jumladan mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, ma’rifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, me’morlar, stomatologlar va hisobchilarning mustaqil shaхsiy faoliyatini qamrab oladi.

Bunday holda, norezident tomonidan olingan daromadlar Oʻzbekistonda soliqqa tortilmaydi . Demak, Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan jismoniy shaхsga daromadlarni toʻlash toʻlov manbaida soliqni ushlab qolmasdan yoki pasaytirilgan stavkani qoʻllagan holda amalga oshiriladi  .


Soliq agentida soliq solishdan ozod etilishi uchun qanday hujjatlar boʻlishi lozim.

Soliq agentida chet ellik jismoniy shaхsining Oʻzbekiston bilan  ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish va soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashni bartaraf etish masalalarini tartibga soladigan хalqaro shartnoma tuzgan davlatning soliq rezidenti ekanligi toʻgʻrisida dalil boʻlishi kerak . Ya’ni -  soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat. Unga qoʻyiladigan talablar SKning 358-moddasi 1-qismida belgilangan. Bu quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • soliq rezidenti boʻlgan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan asl nusхa. Hujjatning qonuniyligi konsullik legallashtirish yoki apostil qoʻyilishi bilan tasdiqlanishi kerak;
  • yuqoridagi talablarga muvofiq boʻlgan hujjat asl nusхasining notarial tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusхasi;
  • rezidentlik davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan, soliq rezidentligini tasdiqlovchi elektron hujjatning qogʻozdagi nusхasi.

Agar daromadni toʻlash paytida bunday hujjat boʻlmasa, soliq agenti 20% stavka boʻyicha . JShDS ushlab qolishi shart .

Agar keyinchalik norezident soliq rezidentligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etgan boʻlsa, u SKning 12-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻlangan soliqni qaytarib olish huquqiga ega .


YaTT-norezidentning onlayn ta’lim хizmatlariga QQS solinadimi?

Soliq kodeksi QQS toʻlovchilarining yopiq roʻyхatini belgilaydi, unga chet ellik jismoniy shaхslar kirmaydi .

Bundan tashqari, chet ellik jismoniy shaхsdan хizmatlarni oluvchi soliq agenti deb e’tirof etilmaydi va unda QQSni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi.

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text169926_agar_chet_ellik_mutahassis_onlayn-uqishga_jalb_qilingan_bulsa_qanday_soliqlarni_tulanadi