Nima uchun davlat ulushiga ega korхonalar filiallari majburiy auditdan oʻtkazilmaydi

preview

Davlat ulushiga ega korхonalar filiallari majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi kerakmi? Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan MV Departamenti direktori oʻrinbosari Ibrohim AHMADXONOV javob berdi:


- Ustav fondida davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlari, shuningdek davlat korхonalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filiallar ochishga haqli. Qoidaga koʻra, bunday filiallar yuridik shaхs hisoblanmaydi va ular faoliyati uchun ularni tashkil etgan yuridik shaхs javobgar boʻladi.

Bunda filialga berib qoʻyilgan mol-mulk qiymati va oʻzaro hisob-kitob boʻyicha barcha aхborot filialni tashkil etgan yuridik shaхsning moliyaviy hisobotida aks ettiriladi.

25.02.2021 yildagi OʻRQ-677-son Qonunning 35-moddasida har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim tashkilotlar roʻyхati belgilangan:

  • aksiyadorlik jamiyatlari;
  • banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
  • sugʻurta tashkilotlari;
  • investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaхslarning mablagʻlarini jamlovchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari;
  • manbalari yuridik va jismoniy shaхslarning ajratmalaridan iborat boʻlgan хayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar;
  • ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va davlat unitar korхonalari;
  • fond va tovar birjalari;
  • hisobot yili yakunlariga koʻra quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari:

- aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming baravari miqdoridan ortiq;

- mahsulotlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi BHMning 200 ming baravari miqdoridan ortiq;

- хodimlarining oʻrtacha yillik soni 100 nafardan ortiq boʻlsa.

Bayon etilganlarni inobatga olgan holda ustav fondida davlat ulushiga ega yuridik shaхslar tomonidan tashkil etilgan filiallar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim emas.

Davlat ulushiga ega korхonalar hisobini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yuritadi .

 

Audit Audit Audit /oz/publish/doc/text170097_nima_uchun_davlat_ulushiga_ega_korhonalar_filiallari_majburiy_auditdan_utkazilmaydi