Bank kartadan ortiqcha pulni yechib olgan yoki bandlab qoʻygan boʻlsa, qayerga shikoyat qilmoq kerak?

preview

Markaziy bank iste’molchidan ortiqcha undirilgan bank komissiyasini (vositachilik haqini) qaytarish jarayonini nazorat ostiga olganligi haqida хabar berdi. Kelib tushgan shikoyatlar tekshirilganidan soʻng ikkita tijorat banki ortiqcha undirilgan komissiya summalarini mijozlarga qaytarish haqida farmoyish berildi.  Buxgalter.uz ishning tafsilotlariga oydinlik kiritdi.

 

«Alokabank»ni tekshirishga Podrobno.uz portalida e’lon qilingan maqola  asos boʻldi. MB Bank хizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish хizmatining aniqlashicha, ortiqcha komissiya bankomatlar orqali mablagʻlarni naqd pul shaklida yechib olish paytida toʻlov tranzaksiyalarini tasniflash tizimidagi nosozlik sababli undirib olingan.

«Savdogarbank» ATBdan kredit berish shartlari – bu yana bir oʻrganish ob’yekti va MB aralashuviga sabab boʻldi. Kreditlarni berish paytida bank mijozlar hisob raqamlaridan bir martalik toʻlovlar orqali qoʻshimcha komissiya sifatida mablagʻlar yechib olgan. Bunda na bank tariflarida, na kredit shartnomalarida ushbu qoʻshimcha toʻlov kelishilmagan.

Jabrlanganlarga mablagʻlarni qaytarish boʻyicha farmoyishdan tashqari MB  «Savdogarbank» ATBga nisbatan yana jarima ham qoʻllagan.

MB mamlakatimiz tijorat banklariga quyidagilar uchun javobgarlik haqida eslatma berdi:

  • iste’molchilar majburiyatlarini oshirish va dasturiy ta’minotdagi muammolar sababli ularga zarar yetkazish;
  • bank хizmatlari tariflari va iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalarda koʻrsatilmagan toʻlovlarni undirish.

Qarang: manba.

 

Naqdsiz hisob-kitob Naqdsiz hisob-kitob Naqdsiz hisob-kitob /oz/publish/doc/text171022_bank_kartadan_ortiqcha_pulni_echib_olgan_eki_bandlab_quygan_bulsa_qaerga_shikoyat_qilmoq_kerak