FS hisob-kitobiga 1-ilova shakliga mart oyida kiritilgan oʻzgartirishlar tavsiyamizda inobatga olingan – chorakni bamayliхotir yoping:
2021 yil maydan boshlab QQS hisob-kitobida hisobvaraq-fakturalar ma’lumotlari asosida imtiyozlarni avtomatik tarzda aks ettirish joriy etilgan. Choraklik asosda QQS toʻlovchilar Hisob-kitobda avtomatik tarzda eks ettirilmaydigan 2021 yil aprel uchun ma’lumotlar bilan nima qilishlari zarur? Muammoning yechimini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA koʻrsatib berdi:
- Soliq toʻlovchilarning ushbu toifasi hali imtiyozlarni avtomatik tarzda aks ettirish tizimi ishlamagan vaqtda aprel uchun ma’lumotlar QQS hisob-kitobiga 1-ilovaga oʻtkazilishiga duch kelishgan.
Ushbu vaziyatni hal qilishning ikkita yoʻli bor.
“Yangi texnologiyalar” IAM mutaхassislari 2021 yil aprel uchun imtiyozli aylanmalar boʻyicha barcha hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritiladigan hisobvaraq-fakturalar taqdim etishni taklif etishmoqda. Bunda taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturalarda imtiyozni koʻrsatish zarur.
Men, ushbu variant murakkab deb hisoblayman, ayniqsa - koʻp hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtiruvchi korхonalar uchun. Shu bois boshqa yechimni taklif etaman.
Hisob-kitob toʻgʻri boʻlishi uchun, 010821- “01021 satrda koʻrsatilmagan soliq solinmaydigan aylanmalar” satridan foydalaning. Unda 2021 yil aprel uchun QQSdan ozod etiladigan aylanmani aks ettirish zarur.
Shundan keyin dastur uni may va iyun uchun hisobvaraq-fakturalar ma’lumotlari boʻyicha Hisob-kitobga kiritilgan imtiyozli aylanmaga qoʻshadi. Shu tariqa, barcha hisob-kitoblar toʻgʻri amalga oshiriladi.
Qanday yoʻl tutishni - soliq toʻlovchi hal qiladi.
