1 iyuldan kiritiladigan oʻzgartirishlarga oldindan tayyorlaning:
Nima uchun tovarlarni eksportga realizsiya qilishdan olingan hajmlarga foyda soligʻining nol darajali stavkasi qoʻllanilmaydi
SKning 337-moddasi 8-qismiga muvofiq nol darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasini, agar tovarlarni (хizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar jami daromadning kamida 15%ini tashkil etsa, qoʻllash mumkin. Biroq ayrim soliq toʻlovchilarning fikriga koʻra, elektron hisobotlar dasturi “0%” stavkadan foydalanish imkoniyatini bermaslik uchun atayin eksportdan olingan darmadlar koʻrsatkichlarini kamaytirmoqda. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA tushuntirdi:

- Men ham koʻpincha bunday fikrni eshitishimga toʻgʻri kelmoqda. Biroq dastur hammasini toʻgʻri hisoblaydi, soliq toʻlovchilarning oʻzlari adashishmoqda.
Qoidaga koʻra, ular ichki bozorda va eksportga sotilgan tovarlar boʻyicha sof ma’lumotlardan kelib chiqqan holda eksport ulushini hisoblab chiqaradilar.
Biroq SK normasiga e’tibor qarating: unda aytilishicha, eksportdan olingan tushum jami daromadning 15%dan ortigʻini tashkil etishi kerak. Jami daromad esa - bu realizatsiya qilishdan olingan sof tushum emas, u SKning 297-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Koʻrinadiki, jami daromadni hisoblab chiqarishda, tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromaddan tashqari, yana 26 tadan ortiq daromad turlari hisobga olinadi. Bularning barchasi, tabiiyki, dastur tomonidan hisobga olinadi va ushbu daromadlarning salmogʻi jami daromadda eksport ulushini aniqlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Ayniqsa bu mamlakatda va хorijda tovarlarni sotishdan olingan tushumning nisbati, natural ifodada 15% va 85% koʻrsatkichlariga yaqin boʻlganda sezilarli boʻladi.
Shunday ekan, har doim 0%li stavkani qoʻllash mumkin boʻlishi uchun faqat eksport hajmini oshirishni tavsiya qilish qoladi. Ular mamlakat ichida realizatsiya qilish hajmlaridan jiddiy ustun boʻlishi kerak.
