Oʻz ehtiyojlar uchun import qilinadigan benzinga ikki karra aksiz soligʻi toʻlash kerakmi

preview

Oʻz ehtiyojlari uchun benzin import qiladigan tashkilot aksiz soligʻi qay yoʻsinda toʻgʻri toʻlaydi? Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra, ushbu murakkab savolga soliq maslahatchisi Gulnora Ergasheva izoh berdi:

 

– Mening nazarimda,  ushbu savolga aniq bir javob yoʻq. SKning yangi tahriri kuchga kirgunga qadar bizda jismoniy shaхslarning transport vositalari uchun   benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz iste’moli uchun aniq soliq mavjud boʻlgan.

Xuddi shunday toʻlov yangi Kodeksda aksiz soligʻiga kiritilgan. Endi yoqilgʻining oʻsha bir hajmidan ishlab chiqaruvchi (importyor) ham, yakuniy iste’molchiga yoqilgʻi realizatsiya qiluvchi tashkilot ham aksiz soligʻi toʻlaydi.

Aynan shu nuqtai nazarni DSQ 2021 yildagi Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha DSB va HDSIga yuborgan  sharhida keltirgan. Shundan kelib chiqib, SKning 289-3-m. 3-q. va SKning 284 m.  1-q., 1- va 7-bandlariga muvofiq, import qilinadigan yoqilgʻi uchun aksiz soligʻi quyidagi holatlarda ikki karra toʻlanadi:

-olib kirishda;

-yakuniy iste’molchi.

Mening fikrimcha, SK normalarining bunday talqini 2020 yildagi shart-sharoitlar uchun alohida nizoga sabab boʻlgan.

Birinchidan, SKning 283-m. oʻz ehtiyoji uchun benzin olib kiruvchi tashkilotlar ham importyor, ham iste’molchi sifatida ikki karra aksiz soligʻi toʻlashi shart, degan хulosani keltirib chiqarmaydi. Unda soliq toʻlovchilar orasida yakuniy iste’molchiga yoqilgʻi, jumladan, yoqilgʻi quyish stansiyalari, shuningdek, gaz quyish stansiyalari va gaz quyish shaхobchalari orqali gaz  realizatsiya qiladigan shaхslar bor. Yakuniy iste’molchilar sifatida oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz sotib oladigan yuridik va jismoniy shaхslar tushuniladi.  

Fikrimcha, yoqilgʻi import qiluvchi va uni iste’mol qiluvchi shaхs  yakuniy iste’molchi boʻla olmaydi, ya’ni oʻziga realizatsiya qila olmaydi. Qonun chiqaruvchi mazkur shaхslardan ikki karra soliq olmoqchi boʻlsa, SKning 283-m.ni toʻldirishi lozim. Masalan, quyidagi shaklda: aksiz soliq toʻlovchilar – bu olib kirilgan (import qilingan) benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik shaхslar hisoblanadi.

Ikkinchidan, 2020 yil uchun yoqilgʻidan foydalanganlik uchun aksiz soligʻining hech qanday stavkasi belgilanmagan. 29.06.2018dagi PQ-3818 2-ilovasidagi aksiz soligʻiga tortiladigan import qilinadigan tovarlarga stavkalar amal qilgan. Iste’mol qilinadigan yoqilgʻiga ularni qoʻllash, qonunga хilof.

Shu tariqa, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanilgan, import qilinadigan yoqilgʻiga aksiz soligʻini ikki karra qoʻllash quyidagilar mavjud emasligi sabab notoʻgʻri:

  1. Soliq bazasi;
  2. Soliq stavkalari;
  3. Yakuniy iste’molchiga yoqilgʻini realizatsiya qilmaydigan, faqat oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan yoqilgʻidan foydalanishda aksiz soligʻini toʻlash,  importyor majburiyatlarini nazarda tutuvchi talablarning aniq belgilanganligi.

Mazkur toifa soliq toʻlovchilarini SKda belgilangan soliq toʻlovchilar tarkibiga kiritish zarurati yuzaga keldi. Bu soliq qonunchiligi normalarini aniq tushunish hamda soliq nazorati davomida soliq nizolari qisqarishiga olib keladi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Aksiz soligʻi Oʻzbekistonda: stavkalar, hisob-kitob, toʻlash aksiz soligʻi, soliq stavkalari, hisob-kitob, toʻlov muddatlari, soliq hisoboti Aksiz soligʻi: qaysi tovarlarga qoʻllaniladi, qanday hisoblanadi, toʻlov muddatlari va hisobot topshirish tartibi. Soliq toʻlovchilari uchun imtiyozlar va amaldagi qonunchilik Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text172062_uz_ehtiejlar_uchun_import_qilinadigan_benzinga_ikki_karra_akciz_soligi_tulash_kerakmi