1 iyuldan kiritiladigan oʻzgartirishlarga oldindan tayyorlaning:
2021 yil 1 sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirildi. Tegishli Farmon Prezident tomonidan 17.08.2021 yilda imzolandi.
Byudjet tashkilotlari хodimlari ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar 1,1 barobarga oshirildi. Ish beruvchilarga ish haqini MHEKMdan kam boʻlmagan holda toʻlashni ta’minlash tavsiya qilindi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida.
Quyidagilar:
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – oyiga 270 000 soʻm;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 soʻm;
- yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 soʻm;
- bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 soʻm;
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 soʻm;
- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 soʻm;
- belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 soʻm;
- 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 soʻm etib belgilanadi;
- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 440 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 165 000 soʻmdan qoʻshilishi belgilanadi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()