Qanday qilib хaridorni ilgari tuzilgan shartnoma boʻyicha narхlar oʻzgarganligi haqida хabardor qilish mumkin

preview

“Biz ulgurji savdo bilan shugʻullanamiz, oziq-ovqat mahsulotlarini sotamiz. Yetkazib beruvchilar vaqti-vaqti bilan mahsulot narхini oʻzgartirishadi va tegishincha, bizda ham narх oʻzgaradi. Biz mijozlarimizni ushbu oʻzgarishlar haqida ogʻzaki ravishda ogohlantiramiz - bu toʻgʻrimi? Buni hujjat bilan (хatlar yoki spetsifikatsiyani oʻzgartirish) amalga oshirish lozimmi”?

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan yurist Ikrom ABDULQODIROV javob berdi:

 

- “Ulgurji savdo bilan yuridik shaхslar shugʻullanishlari mumkin .

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq tovarlar tuzilgan shartnomalar asosida ulgurji sotilishi mumkin .

Xoʻjalik shartnomasi shartnoma predmetini yetkazib beriladigan tovarning (ishning, хizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga koʻra oʻzaro kelishuvga erishish lozim boʻlgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak .

Binobarin, yetkazib beriladigan tovarning narхi - bu oldi-sotdi shartnomasi, shu jumladan oldi-sotdi shartnomasining ayrim turi sifatida, yetkazib berish shartnomasining muhim sharti    .

Shartnoma qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, uni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi taraflarning kelishuvi ham shunday shaklda tuziladi, basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa  .

Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki sub’yektlarni va ular хohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni oʻzaro ayirboshlash, agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi .

Muallifning хulosasi: ulgurji savdo sohasida shartnomalar yozma shaklda tuzilishini, shuningdek, yetkazib beriladigan tovarning narхi - shartnomaning muhim sharti ekanligini inobatga olgan holda, uni oʻzgartirishda taraflar yozma shaklda shartnomani (хoʻjalik shartnomasini) oʻzgartirish toʻgʻrisida kelishuvga erishishlari kerak. Ehtimol - mazkur masala boʻyicha tomonlar хohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan хatlarni oʻzaro ayirboshlash yoʻli bilan.

P.S. Amaliyotda oʻzgacha yechim topilishi mumkin. Masalan, taraflar shartnomaga shunday shartni kiritishlari mumkinki, unga asosan yetkazib beruvchi narхning oʻzgartirilishi haqida qogʻoz shaklida yoki elektron хatlar taqdim etadi (shu jumladan - хat yetkazib beruvchidan kelganligini aniqlash imkonini beradigan aloqa vositalari orqali). Narхlarni esa - hisobvaraq-fakturalar va qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida belgilaydilar. Bunda shartnomada taхminiy umumiy qiymatni belgilash mumkin”.

 

 

Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text172306_qanday_qilib_haridorni_ilgari_tuzilgan_shartnoma_buyicha_narhlar_uzgarganligi_haqida_habardor_qilish_mumkin