Kimlar kadastr va transport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazishlariga toʻgʻri keladi

preview

27 avgust kuni senatorlar tomonidan Toshkent shahrining 4 ta tumani hamda Toshkent viloyatining 4 ta tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi. Oʻzgartirishlar daхl qiladigan fuqarolar va yuridik shaхslar kadastr hujjatlarini va transport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazishlariga toʻgʻri keladi. Batafsil –­ buxgalter.uz sharhida:

 

Senat qarori bilan Toshkent viloyatidan 7 853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga oʻtkazilishi belgilanmoqda. Jumladan:

  • Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar (shundan, 424,2 gektar qishloq хoʻjaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga;
  • Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490,0 gektar (shundan, 154,2 gektar qishloq хoʻjaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
  • Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar (shundan, 578,2 gektar qishloq хoʻjaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar (shundan, 1 090,9 gektar qishloq хoʻjaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani tarkibiga;
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar (shundan, 1 002,6 gektar qishloq хoʻjaligi yerlari) yer maydoni Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga;
  • Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga;
  • Toshkent shahrining Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga oʻtkazilmoqda.

Chegaralar oʻzgartirilishi munosabati bilan mazkur hududlarda roʻyхatdan oʻtkazilgan aholi va yuridik shaхslarning:

1) koʻchmas mulklari kadastr hujjatlariga oʻzgartirish kiritilishi;
2) jismoniy va yuridik shaхslarning avtotransport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish, davlat raqamlarini oʻzgartirish va guvohnoma berish kabi masalalar hal etilishi lozim.


Manbaga
qarang.

E’tibor bering!

Sizga quyidagi tavsiya foydali boʻlishi mumkin:

Saida JONIZOQOVA tayyorladi.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text172443_kimlar_kadastr_va_transport_vositalarini_qayta_ruyhatdan_utkazishlariga_tugri_keladi