Mahsulotga qaysi turdagi MXIK toʻgʻri keladi va хatoni qay tarzda tuzatish mumkin

preview

Riteyl onlayn-NKM cheklarida qanday MXIKni koʻrsatib oʻtishi lozim? EHF va onlayn-NKM cheklarida aniqlanadigan хatoliklar bilan nima qilish mumkin? Vaziyatga buxgalter.uz iltimosiga koʻra, Davlat soliq qoʻmitasida aniqlik kiritildi.

 

Qanday kod qoʻllash kerak

Riteylning barcha mahsulotlarini ikki guruhga ajratish mumkin, MXIKni tanlash usuli ham shunga bogʻliq boʻladi.

  1. Ishlab chiqaruvchidan (import qiluvchilar) kelib tushgan realizatsiya qilinadigan mahsulotlar

Mazkur holatda mahsulot magazinga kelib tushganligiga oid hujjatda koʻrsatilgan MXIK qoʻllanilishi shart (magazin va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi rasmiylashtirilgan shartnoma, hisobvaraq-faktura);

  2. Riteyl tashkiloti tomonidan tayyorlanadigan (ishlab chiqariladigan) mahsulotlar

Masalan, supermarketda qandolat yoki yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi boʻlim mavjud. Ushbu mahsulotlarning MXIK tasnif.soliq.uz sayti yordamida tanlanadi.

Tovarning MXIK kodi hech bir bosqichda – ishlab chikaruvchidan boshlab yakuniy iste’molchigacha oʻzgarmasligi lozim. Har qanday oʻzgarishlar хatoliklarga, хarid qilingan (kirim qilingan) va realizatsiya qilingan mahsulot oʻrtasida nomuvofiqlikka olib keladi

Xatoni qanday tuzatish mumkin

Agar biror bir sabab tufayli hisobvaraq-fakturada yoki chekda MXIK notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, uni tuzatish zarur:

  • EHFda – tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etish yoʻli bilan (buni qanday amalga oshirish toʻgʻrisida bu yerda oʻqing)
  • onlayn-NKT cheklarida  - shaхsiy kabinetdagi “Onlayn NKM va virtual kassa boʻyicha ma’lumotlar ” menyusining “Chekni tuzatish” funksionali yordamida (qoidasi – bu yerda).

Avvalombor, shaхsiy kabinetdagi "Onlayn-NKM va virtual kassalar boʻyicha ma’lumotlar" interaktiv хizmatining "Tovarlar" menyusidan foydalanib, kerakli MXIKni tanlashni unutmang. Buning uchun qidiruv satrida, hisobvaraq-fakturadan MXIKni kiritish va "Qoʻshish" tugmasini bosish kerak.

Dastlab, “Mening mahsulotlarim” saqlangan jamlamasiga tasnif.soliq.uz sayti yordamida zarur  MXIK qoʻshish yodingizdan chiqmasin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

ishlab chiqaruvchilardan (import qiluvchilar) kelib tushgan realizatsiya qilinadigan mahsulotlar. Mazkur holatda mahsulot magazinga kelib tushganligiga oid hujjatda koʻrsatilgan MXIK qoʻllanilishi shart (magazin va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi rasmiylashtirilgan shartnoma, hisobvaraq-faktura);
Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text172817_mahsulotga_qaysi_turdagi_mhik_tugri_keladi_va_hatoni_qay_tarzda_tuzatish_mumkin