QQS boʻyicha manfiy farqni qaytarishni rad etish sabablaridan biri bartaraf etilmoqda

preview

Yaхshi yangiliklar! DSQ 2022 yilga soliq - byudjet siyosati Konsepsiyasiga QQS boʻyicha soliq hisob-kitobini topshirish muddatlarini unifikatsiya qilish boʻyicha oʻzgartish kiritdi. Mazkur idora QQS boʻyicha manfiy farqni qaytarish yuzasidan arizalar rad etilishi holatlarini kamaytirishni istaydi.

Hozirgi kunda SK 259-moddasiga muvofiq, tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi oyiga bir milliard soʻmdan oshmaydigan soliq toʻlovchilar uchun soliq davri chorak hisoblanadi, boshqalar uchun – bir oy. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, ba’zan bu holat QQSning manfiy summasi qoplanishi (qaytarilishi) yuzasidan arizalar rad etilishi sabab boʻlmoqda.

Misol tariqasida, “M.A.” MChJ joriy yil 16 avgustida 500 mln.soʻm miqdorida QQS boʻyicha manfiy farqini qoplash uchun ariza berdi. Biroq, har chorak hisobot beruvchi firma - kontragent “JNK F.D.” MChJ –  III chorak uchun hisobot taqdim etmaganligi sababli  “M.A.” MChJ arizasi rad etildi.

Shunday vaziyatlardan qochish uchun DSQ barcha QQS toʻlovchilar uchun yagona soliq davrini belgilashni taklif etadi.

Manbaga qarang.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text173010_qqs_buyicha_manfiy_farqni_qaytarishni_rad_etish_sabablaridan_biri_bartaraf_etilmoqda