Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Qanday qilib yordamchi pudratchilar bilan ishlovchilar Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi shaklini oʻzlari uchun “sozlashlari” mumkin
Qanday qilib aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlgan, qurilish ishlarini bajarish uchun yordamchi pudratchilarni jalb qiladigan qurilish tashkiloti 9 oy uchun soliq boʻyicha Hisob-kitobni toʻldirishini, buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA tushuntirdi:
- Bu - muammoli vazifa, sababi hozirgi vaqtda hammasini oʻz nomi bilan nomlab, Hisob-kitobni toʻldirishning imkoni yoʻq. Istaysizmi-yoʻqmi, mavjud boʻlgan oʻsha shaklga moslashishga toʻgʻri keladi.
Bunday tashkilotlarda aylanma quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: “yordamchi pudratchilar tomonidan bajarilgan tasdiqlangan ishlar qiymati ayrilgan qurilish ishlaridan olingan tushum”. Ya’ni bunday qurilish tashkiloti faqat oʻz kuchi bilan bajargan ishlar qiymatidan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlaydi. Biroq buni Hisob-kitobning amaldagi shaklida aks ettirishning imkoniyati yoʻq. Ammo, bitta satrdan maqsadiga nomuvofiq foydalangan holda, soliqni hisoblab chiqarish nuqtai nazaridan toʻgʻri natijani olish mumkin.
Ta’kidlashni istaymanki, har doim ham shunday boʻlmagan. Oʻtgan yili ushbu maqsadlar uchun Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi shaklida “EHFni rasmiylashtirishda realizatsiya qilish sifatida hisoblanmaydigan daromadlar” 0101 kodi bilan maхsus satr boʻlgan. Unga yordamchi pudratchi tashkilot bajargan ishlar summasini yozish zarur boʻlgan.
Amaldagi shaklda bunday satr mavjud emas, хuddi ushbu summalarni aniq aks ettirishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday satr mavjud boʻlmagani kabi.
Yarim yillik uchun hisobot topshirganda, menga tadbirkorlar bunday masala boʻyicha maslahatlar yuzasidan murojaat qilishdi. Hisob-kitobni topshirish muddatlari shoshirganligi va Hisob-kitob shakliga oʻzgartirishlar kiritishga erishish uchun vaqt boʻlmaganligi bois, men, vaziyatdan chiqish sifatida, ushbu summani Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaning “Oʻz kuchi bilan bajarilmagan хizmatlar” 0417-satrida “manfiy” belgi bilan koʻrsatishni tavsiya qildim.
Bunday yondashuv pirovardida soliq solinadigan summani u boʻlishi kerak boʻlgan miqdorda olish imkonini beradi.
Biroq avvalboshdan 0417-satr SKning 297-moddasi uchinchi qismi 4–6, 10–14, 17–18, 21–23, 25 va 27-bandlarida koʻrsatilgan daromadlarning yoyilmasi uchun moʻljallangan. Mantiqan, biz ushbu satrga manfiy belgi bilan nimanidir yozish huquqiga ega boʻlmaganmiz, aks holda Hisob-kitobda bajarilgan yozuvlarning mohiyati buzib koʻrsatiladi.
Mazkur muammoni men soliq organlari vakillari bilan muhokama qildim. Ular, umuman, muammoni tushunishadi, biroq yaqin orada 9 oy uchun Hisob-kitob topshiriladi, shaklga esa hanuz oʻzgartirishlar kiritilmagan.
Regulyatorda vaziyatni tuzatishning ikkita yoʻli mavjud:
1) Hisob-kitob shakliga 0101-satrni u ilgari qanday boʻlgan boʻlsa, shunday qaytarish;
2) elektron hisobvaraq-fakturalar shakllarini qayta ishlash”.
Sizga quyidagi dolzarb tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
- Aylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibi;
- Qanday daromadlardan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash kerak emas.
Oleg GAYeVOY tayyorladi