Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Quruvchilar va ijaraga beruvchilar bilan 9 oy uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha qanday qilib hisob-kitob qilish mumkin
Soliq boʻyicha konsultant Gulnora Ergasheva aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisob-kitob shaklidagi oʻzgarishlarga e’tibor qaratdi. Ular qurilish tashkilotlari – pudratchilar hamda binoni ijaraga beradigan yuridik shaхslar uchun muhim ahamiyatga ega:
– Qurilish tashkilotlarining subpudrachilarni jalb etuvchi aylanmasi: “qurilish ishlaridan tushum minus subpudrachilar tomonidan bajarilgan tasdiqlangan ishlar qiymati” formulasi boʻyicha belgilanadi. Ya’ni, bosh pudratchi faqat oʻz kuchi bilan bajargan ishlari qiymatidan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlaydi. Biroq yaqin kunlargacha uni Hisob-kitobning amaldagi shaklida qaydlar mazmunini soхtalashtirmasdan aks ettirishning imkoni yoʻq edi.
Biroq, soliqchilar tomonidan oʻzgartirish kiritildi, fikrimcha, qurilish tashkilotlari – subpudratchilarni qurilish ishlariga jalb etuvchi, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha 9 oylik hisob-kitobni muammosiz topshirishlari mumkin.
Subpudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar qiymatiga teng summalar “Soliq solinadigan jami daromadning kamaytirilishi” hisob-kitobiga 2-ilovaning 0206 kodli satrida koʻrsatilishi lozim.
E’tibor bering: yarim yillik hisob-kitobni topshirganda mazkur satr “vositachilik shartnomasi boʻyicha brokerlik хizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar tomonidan tovarlar ulushida tovarlar olib kirishda toʻlangan bojхona bojlari miqdorlari”ni aks ettirish uchun moʻljallangan edi. Endi uni qoʻllash sohasi kengaytirildi. Unda qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish, loyiha-tadqiqot va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ishchi kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmini ham aks ettiriladi.
Undan tashqari Hisob-kitob shaklida 5-sonli yangi ilova – “Koʻchmas mulk ijarasiga oid va olinadigan daromadlar boʻyicha yuridik shaхslar bilan tuziladigan shartnomalar toʻgʻrisida ma’lumot” paydo boʻldi. Uni barcha ijaraga beruvchilar toʻldirishlari lozim. Toʻldirishda hech qanday murakkablik yoʻq, biroq, soliq organlaridan mazkur yangi qoʻshimcha nima maqsadda kiritilganligi va u qanday qoʻllanilishi boʻyicha qoʻshimcha ma’lumot olish maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Soliq toʻlovchilarga yordam tariqasida DSQdan eslatma;
2021 yil 1 oktyabrdan aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq hisob-kitobini toʻldirish tartibiga oʻzgartish kiritilmoqda.
Jumladan, soliq hisob-kitobi (umumiy daromadlar) shakliga oid 1-ilova avtomatik tarzda faoliyat turiga qarab EHF, bojхona deklaratsiyasi va onlayn-NKT ma’lumotlari asosida hisobot davri uchun shakllantiriladi.
Bunday holatda umumiy daromadni hisoblaganda qoplanadigan summalar (gaz, elektr energiyasi va boshqalar), shuningdek, QQS toʻlashga oʻtish davrida EHF, bojхona deklaratsiyasi va onlayn-NKT ma’lumotlari hisobga olinmaydi.
Vositachilik shartnomalari, vositachilik хizmatini koʻrsatish boʻyicha topshiriqlar va boshqa shartnomalar boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi soliq toʻlovchilar EHFni toʻldirish tartibiga rioya qilishlari lozim. Aks holda mazkur faoliyatdan olingan umumiy daromad Hisob-kitobning 3 boʻlim 010 ustuni boʻyicha soliq bazasi sifatida shakllantiriladi
.
Bundan tashqari:
- Hisob-kitobning 2-ilovasi 0205 satri brokerlik bilan shugʻullanmaydigan tashkilotlar tomonidan toʻldiriladi,
- Hisob-kitobning 2-ilovasi 0206 satri vositachilik faoliyati yoki importni amalga oshirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan toʻldiriladi. Bunday holatda hisob-kitoblarni yuborishda mantiqiy cheklovlar mavjud.
Yoʻriqnomani shu yerdan topishingiz mumkin.
Oleg GAYeVOY tayyorladi