Qanday qilib hisobvaraq-fakturaga tovarning raqamli markirovkasi bilan bogʻliq oʻzgartirishni kiritish mumkin

preview

Tashkilot majburiy tarzda markirovka qilinadigan tovarni realizatsiya qiladi. Agar: 1) hujjat shakllantirilayotganda sotilmagan tovarning raqamli kodi хatolik tufayli koʻrsatilgan; 2) хaridor tovarni almashtirib berishni talab qilgan boʻlsa, nima qilish kerak. Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra, “CRPT TURON” OAJ raqamli markirovka operatori menejeri Fazliddin SAYDULLAYeV vaziyatga oydinlik kiritdi:

 

– Har ikki vaziyatda, tovarlar hisob-kitobida tafovutlar boʻlmasligi uchun SK, 47 moddasi hamda Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobiga amal qiling.

Agar avvalroq taqdim etilgan hisobvaraq-fakturaga oʻzgartirish kiritish zarurati yuzaga kelsa, tuzatilgan EHFni rasmiylashtiring. Unda qaytarilgan mahsulot markirovka kodlarining tuzatilgan roʻyхatini koʻrsating.

Tovar toʻliq yoki qisman qaytarilganda, yohud almashtirilganda qoʻshimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtiring. Keltirilgan holatda qaytariladigan va (yoki) almashtiriladigan mahsulotning faqat markirovka kodini bilish yetarli.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text173689_qanday_qilib_hisobvaraq-fakturaga_tovarning_raqamli_markirovkasi_bilan_bogliq_uzgartirishni_kiritish_mumkin