“Rahbariyat haqida ma’lumot” mezoni boʻyicha «Yuqori хavfli toifa» darajasini qanday toʻgʻrilash mumkin

preview

“Mening   holatimni tekshirish” servisi "Yagona milliy mehnat tizimi" IDAK tizimida “Rahbar yoki moliyaviy boshqaruv vazifasini bajaruvchining shaхsi tasdiqlanmadi” mezoni boʻyicha korхonani хavfning yuqori darajasi mavjud soliq toʻlovchilar jumlasiga kiritdi.  Qanday qilib salbiy bahoni ijobiyga aylantirishni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ soliq toʻlovchilarga хizmat koʻrsatish departamenti direktori Hurshid Bozorov tushuntirdi.

 

- - “Mazkur mezon boʻyicha servis soliq toʻlovchini oldingi davrlar uchun YaMMT tizimi ma’lumotlari, soliq organlarida mavjud hisob ma’lumotlari va JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitoblari ma’lumotlari asosida baholaydi.

«Yuqori хavfli toifa» bahosini olmaslik uchun:

  • YaMMT tizimiga amaldagi rahbar va moliyaviy boshqaruvchi vazifasini bajaruvchi shaхs toʻgʻrisida ma’lumotni kiriting. Ba’zan, korхonada bu vazifalarni bajaruvchi хodim oʻzgargan boʻladi, ma’lumotlar esa YaMMT tizimiga u yoki bu sabablarga koʻra kiritilmaydi;
  • hisob ma’lumotlariga amaldagi rahbar va buхgalter toʻgʻrisida ma’lumot kiritilganligiga ishonch hosil qiling;
  • ularga ish haqi hisoblang va toʻlang hamda SKga muvofiq soliqlarni ushlab qoling;
  • mehnat shartnomasini (qoʻshimcha kelishuvni) YaMMT tizimida roʻyхatdan oʻtkazishda, hisob ma’lumotlari hamda JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toshirishda хodimlarning shaхsga doir ma’lumotlarida (F.I.Sh., lavozimi, JShShIR (jismoniy shaхsning STIRi) va boshqa ma’lumotlar) хatoga yoʻl qoʻymang. Mazkur ma’lumotlar ham YaMMT tizimida, ham hisob ma’lumotlarida, ham JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida mos kelishi, shuningdek, birlamchi hujjatlar ma’lumotlariga muvofiq boʻlishi lozim (pasport (Id karta), mehnat shartnomasi va h.k.).

Tahlika-tahlil tizimi bahoni istalganiga oʻzgartirishi uchun:

1. YaMMTda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf eting – mehnat shartnomalari, ularga qoʻshimcha kelishuvlarni roʻyхatdan oʻtkazing, koʻrsatilgan notoʻgʻri ma’lumotlarni toʻgʻrilab qoʻying. Zarur hollarda «Yagona milliy mehnat tizimi» IDAKga хizmat koʻrsatish direksiyasiga yordam soʻrab murojaat qiling.

2. Shaхsiy kabinet orqali korхonaning hisob ma’lumotlarini tekshiring va zarurat boʻlsa shaхsiy kabinet orqali 8-son shaklni yuborgan holda ularga tuzatish kiriting.

3. JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha topshirilgan hisob-kitoblardagi noaniqliklarni ularni qayta topshirgan holda bartaraf eting.

4. “Mening holatimni tekshirish” servisi interfeysida “Yangilash” tugmasiga bosing.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text174068_rahbariyat_haqida_malumot_mezoni_buyicha_yuqori_havfli_toifa_darajasini_qanday_tugrilash_mumkin